Bu yil Haj paytida 1000 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 23-iyun kuni Saudiya Arabistoni rasmiylari e’lon qilgan bayonotga asoslanib Zakon.kz xabar berdi.
Aytilishicha, halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi Misrdan kelgan. Shundan so‘ng, ushbu davlat mamlakat ruxsatisiz ziyoratchilarga Saudiya Arabistoniga sayohat qilishda yordam beradigan 16 ta sayyohlik agentliklaridan litsenziyalarni qaytarib oldi.
Vazirlar Mahkamasi vakilining aytishicha, ziyorat paytida kamida 630 nafar misrlik halok bo‘lgan.
Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida Indoneziyadan 165 ziyoratchi, Hindistondan 98 ziyoratchi va Iordaniya, Tunis, Marokash, Jazoir va Malayziyadan yana o‘nlab ziyoratchilar bor. Bundan tashqari, ikki amerikalik ziyoratchining o‘limi haqida ham xabar berilgan.
Barcha o‘limlarning asosiy sababi +49 darajaga yetgan haddan tashqari issiq havo harorati hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!