$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bugun Afgʻoniston yana gumanitar inqiroz yoqasida — Sodiq Safoyev

20:23 / 29.11.2021

Euronews muxbiri Galina Polonskaya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev bilan Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga Prezident etib saylanganidan keyin mamlakat qanday rivojlanishi, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo boʻyicha rejalari qanday ekani va Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasini rivojlantirish boʻyicha qanday taʼsir koʻrsatishga intilayotgani haqida suhbatlashdi.

Shuningdek, hozirda Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan oʻzaro iqtisodiy hamkorligi, mamlakatda global islohotlarni davom ettirish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, Oʻzbekiston tashqi siyosatining qator ustuvor yoʻnalishlariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Galina Polonskaya: Oktyabr oyida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga qayta saylangan edi. Mening mehmonim, Oʻzbekiston Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Oʻzbekistondagi prezidentlik saylovidan soʻng mamlakatning kelgusidagi rejalari va mintaqaviy strategiyaning qanday oʻzgarishlarini muhokama qilish uchun shaylar. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo boʻyicha rejalari qanday va Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga qanday hissa qoʻshishni maqsad qilgan?

Sodiq Safoyev: Bir necha yil muqaddam Markaziy Osiyo strategik noaniqlik zonasi hisoblanardi. Bugun biz uning istiqbollariga katta optimizm bilan qarashimiz mumkin. Toshkent mintaqaviy siyosatining asosiy maqsadi Markaziy Osiyoni barqarorlik va barqaror rivojlanish hududiga aylantirishdan iborat. Va birinchi navbatda Markaziy Osiyoda tobora kuchayib borayotgan ekologik muammolarni hal qilish uchun eʼtibor qaratish lozim. Chunki bu yerda global isish darajasi dunyo boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan ikki baravar koʻp. Suv resurslarining taqchilligi ham jiddiy muammo hisoblanadi. Dunyo quruqligidagi eng katta koʻllardan biri boʻlgan Orol dengizidan qolgan shoʻrliklar esa ekologik halokat epitsentriga aylandi. Markaziy Osiyo har doim yagona tabiiy-iqlim majmuasi boʻlgan va Prezident Mirziyoyev taʼkidlaganidek yashil diplomatiya mamlakat rivojida ustuvor vazifa boʻlishi kerak.

Galina Polonskaya: Tolibon hokimiyatni qoʻlga kiritgunga qadar Afgʻoniston Oʻzbekistonning muhim savdo hamkorlaridan biri edi. Afgʻoniston orqali oʻtadigan va Oʻzbekistonni dengiz portlari bilan toʻsib qoʻygan quruqlik orqali bogʻlaydigan temir yoʻl qurish rejalari bor edi. Afgʻonistondagi vaziyat Markaziy Osiyo uchun eng katta xavfsizlik muammolaridan biri sifatida koʻrilayotgan bir paytda bu haqida Toshkentning strategiyasi qanday?

Sodiq Safoyev: Bugun Afgʻoniston yana gumanitar inqiroz yoqasida turibdi. Afgʻonistonning mintaqaviy va global jarayonlarga qoʻshilishini davom ettirish nihoyatda muhim. Xalqaro hamjamiyat oʻtmishdagi xatolarni takrorlamasligi va bu uzoq yillar jabrlangan mamlakatni oʻz holiga tashlab qoʻymasligi kerak. Uzoq muddatli tinchlik faqat milliy yarashuv va inklyuziv hukumat natijasida sodir boʻlishi mumkin. Shu oʻrinda yangi hokimiyat bilan jahon hamjamiyatining toʻgʻridan-toʻgʻri muloqoti ham zarur. Afgʻonistonda iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish zarur. Bu nafaqat butun mintaqa va Afgʻoniston uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarga potensialni jalb qilish uchun, balki Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish uchun yangi imkoniyatlarni ham ochib beradi.

Galina Polonskaya: 2017-yilda Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni yoʻlga qoʻya boshladi. Ular allaqachon samarali ekanligini isbotladilar, ammo masalan, korrupsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirishga erishish uchun hali bir talay yechimini kutayotgan masalalar mavjud. Oʻzbekistonda islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri boʻlgan xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishni qanday rejalashtirmoqda?

Sodiq Safoyev: Investitsiyalarni jalb qilishda raqobatdosh boʻlish uchun siyosiy modernizatsiyani kuchaytirish kerak deb oʻylayman. Bu esa mamlakat hukumatining zamonaviy, samarali va shaffof boʻlishini talab qiladi. Eng ustuvor yoʻnalish — bu mustaqil sud tizimi va inson huquqlari. Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining asl maqsadi ham aslida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, keng koʻlamli xususiylashtirish va yer masalalari islohotini qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻlishi kerak. Va jahon bozorlariga kirish, Yevrosiyoning yuragida joylashgan Oʻzbekiston kabi atrofi quruqliklardan iborat mamlakat uchun juda muhimdir. Shu sababli Oʻzbekiston Milliy strategiyasining asosi — bu ishonchli tranzit koordinatalarining transport infratuzilmasini shakllantirishdir. Haqiqiy islohotlarni amalga oshirish oson jarayon emas, lekin Oʻzbekiston oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari yoʻlidan ortga qaytmaydi.

Olimjon Hasanov tarjimasi


Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!