$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

“Changyutgich” uy changidan xalos etadimi?

20:37 / 25.05.2022

Chang turli xil manbalar va harakatlar natijasida hosil bo‘ladigan va keng tarqalgan havoni ifloslantiruvchi vositadir.

Chang qanday paydo bo‘ladi?

Tuproq, qum va toshning tabiiy eroziyasi eng ko‘p uchraydigan chang manbayi hisoblanadi. Polen, mikroskopik organizmlar, o‘simlik moddasi va kepek (hayvonlar tomonidan to‘kiladigan o‘lik teri hujayralari) atrof muhitdagi chang tarkibiga kiradi.

Inson qo‘li bilan yasalgan chang… Ha, to‘g‘ri, o‘qidingiz. Bu chang shahar joylarda keng tarqalgan va insonning shaxsiy sevimli mashg‘ulotlaridan tortib bog‘dorchilik kabi keng ko‘lamli sanoat faoliyati, hamda elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan bir qator holatlar sabab paydo bo‘ladi.

Chang zarralari

Chang zarralari ko‘rinadiganidan ko‘rinmaydiganigacha farq qiladi. Bu zarracha qancha kichik bo‘lsa, havoda shuncha uzoq turadi va yuradi. Nafas olayotganda katta chang zarralari burun va og‘izga tushadi va ularni osongina nafas olish yoki yutib yuborish mumkin.

Kichik yoki nozik chang zarralari ko‘rinmaydi. Nozik chang zarralari o‘pkaga chuqurroq kirib borishi mumkin va ultrafin zarralarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon oqimiga singdirish ehtimoli bor. 

Ko‘chadagi chang qayerlarda juda ko‘p?

Biz ko‘chada havo bilan yutadigan chang shunchaki zarralardan emas, balki ishlab chiqarish sanoati natijasida paydo bo‘lgan kimyoviy birikmalar, og‘ir metallar tuzlari, shuningdek, kasalliklarga sabab bo‘luvchi turli bakteriya va viruslardan iborat. 
Agar sanoat korxonalari yaqinida yashasangiz, bilingki, boshqalardan ko‘ra ko‘proq chang yutyapsiz. Yoningizdagi zavod o‘zidan qo‘rg‘oshin yoki marganesli chang tarqatsa, bu ko‘pincha zaharlanishga sabab bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi asbest va syementli chang, hatto, onkologik xastaliklarga olib kelishi mumkin. 

O‘simliklar gullaydigan pallada allergiyasi bor insonlarning juda ko‘p aksirishiga guvoh bo‘lamiz. Bunga sabab, havodagi chang bilan bir qatorda gul changi—allergenning ham mavjudligidir. 

Aniqlanishicha, chang zarralari, ayniqsa, yerdan bir metr balandlikda juda ko‘p bo‘lar ekan. Shuning uchun, kuchli shamol esganda, yerdagi changni “uyqusi”dan uyg‘otib yuboradigan yuk mashinalari yoningizdan o‘tib ketayotganida bolakaylarni ko‘tarib olganingiz ma’qul. 

“Changyutgich” uy changini “yutadi”mi? 

Yumshoq mebel, gilamlar (ayniqsa, sintetiklari) va tozalash qiyin joylarda chang ko‘p bo‘ladi. Agar undan changyutgich yordamida qutulaman, desangiz, adashasiz. Changyutgich gilamingizdagi ko‘zga ko‘rinadigan zarralarni yutib yuboradi. Siz o‘ylaysizki, uyim toza bo‘ldi deb. Aslida, ko‘zingizga ko‘rinmaydigan “mitti dushmanlar” ham borligini unutmang. Changyutgichda tozalangan changning uchdan bir qismi qaytib yana tashqariga tarqalar ekan. Eng yaxshi yo‘l – namlab tozalash va tabiiy ventilyasiya, ya’ni xonani shamollatish. 

Bundan tashqari, yotadigan to‘shagingizni ham, hech bo‘lmaganda, kunora ko‘chaga chiqib qoqishga odatlaning. Negaki, inson terisidan ham mayda zarralar to‘kiladi, natijada ular ko‘payib, ko‘z ilg‘amas bakteriyalarni chaqiradi. To‘shaklarni yuvib, ulardagi bakteriyalardan, changlardan qutulaman, deb o‘ylamang. Eng qimmat kir yuvish kukuni yordamida yuvsangiz ham, ular saqlanib qoladi. Yaxshisi, tunda yotishdan oldin to‘shaklarni yaxshilab qoqish, ba’zida kunduzi quyosh tushadigan joyga ilib qo‘yish kerak. 

Changning tanamizga ta’siri qanday? 

Chang qanchalik mayda bo‘lsa, shunchalik zararlidir. Mittigina chang zarralari nafas yo‘llariga cho‘kib, burun-halqumni zararlaydi, ko‘z va teriga salbiy ta’sir qiladi. Oqibati ayon – o‘pka xastaliklari, dermatitlar… 

Chang bulardan ham og‘irroq dardlarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, sil tayoqchalari changda bir necha oydan bir necha yilgacha yashayveradi.

Chang  yuqori  nafas  yo‘llariga  ta’sir  qilib,  burun  shilliq  pardasini  yallig‘lantiradi, natijada  u  shishib  ketadi.  Bunday  hollarda  shilliq  ko‘p  ajraladi.  Changning  uzoq  vaqt  ta’sir etishi  tufayli  shilliq  qavat  atrofiga  uchrab,  juda  yupqalashadi,  unda  qobiq  paydo  bo‘ladi, burun  ichi  qurib  qoladi.  Bunday  holat  uzoq  cho‘zilganda  chang  nafas  yo‘llariga  chuqurroq kiradi.  Bronx  shilliq  pardasi  changga  ta’sirchan bo‘ladi. Chang yog‘ bezlarini berkitib, bakteriyalar ko‘payishiga imkon yaratadi, natijada terida toshmalar, husnbuzarlar paydo bo‘ladi.
 
Chang bilan qanday “kurashamiz”? 

•allergiyaga chalingan bo‘lsangiz, ko‘chadan uyga qaytgach, dush qabul qiling;
•shamol esayotgan bo‘lsa, himoyalovchi ko‘zoynak taqishni unutmang, chunki chang ko‘z shilliq pardasiga zarar yetkazishi mumkin;
•changda ish qiladiganlar ish paytida niqob taqib olganlari ma’qul.
•ko‘rpa-to‘shak va kiyimlarni uyda qoqmang;
•xonani tez-tez shamollating va hamma yoqni nam latta bilan arting;
•javonlarning eshigi yopiq tursin, kitoblarni oynali javonda saqlang va vaqti-vaqti bilan ularni changyutgichda tozalang;
•xona gullarining bargini nam latta bilan arting, ularga suv purkang;
•kanalardan qutulish uchun ko‘rpa-to‘shak, yostiqlar kamida ikki soat oftobda tursin.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026
Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga…
14:06 / 08.11.2026
Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarini öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş ustidan …
14:32 / 06.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Şveysariyaning “Lugano” klubi UEFA Konferensiyalar ligasining 5-noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvida Litvaning “Kauno Žalgiris…
14:24 / 06.11.2026
Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqar…
11:06 / 05.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026
Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda 9-noyabrdan maktab, boğça, şifoxona va köp kvartirali uylarga issiqlik beriş boşlanadi. Isitiş tizimi bosqiçma-bos…
08:55 / 07.11.2026
Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!