Holsizlikka sabab bo‘luvchi ilk mahsulot bu shirinlik. Ular tanadagi glyukoza darajasini tez oshiradi, keyinchalik u keskin pasayadi. Bu jarayonda tana kuchini yo‘qotadi.
Kurka go‘shti. Undagi oqsillar tinchlantiruvchi ta’siri tufayli ish faoliyatini kamaytiradi.
Un mahsulotlari, jumladan, makaron. Ular, shirinliklar kabi tez hazm bo‘ladigan glyukozaning qonda oshib ketishiga olib keladi.
Qovurilgan ovqat. Ovqat hazm qilish uchun tanadan ko‘p energiya oladi va hazm qilish tizimini bezovta qiladi.
Charchoq tuyg‘usini bartaraf etish uchun temir tanqisligini to‘ldiradigan ovqatlar – ismaloq, olma, lavlagi, grechka, loviya iste’mol qilish kerak.
Ertalabki taomnomada meva, sabzavotlar, yong‘oq, tovuq va baliq bo‘lishi kerak. Ammo qizil go‘sht, shirinliklar va tuzi yuqori ovqatlardan voz kechgan ma’qul.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!