AQSH Kongressi Vakillar palatasining amaldagi spikeri Nensi Pelosi yangi muddatga “kongress ayol” sifatida qayta saylandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratik partiya vakili bo‘lgan Pelosi Kongressga saylovlar davomida Kaliforniyaning 11-okrugida 82,2 foiz ovoz to‘plagan. Uning respublikachi raqibi Jon Dennis esa 17,8 foiz ovoz oldi.
Pelosi 1987-yilda Vakillar palatasi a’zosi etib saylangan. 2019-yil 3-yanvardan boshlab u spiker hisoblanadi.
Avvalroq, 9-noyabr kuni AQSH Respublikachilar partiyasi Vakillar palatasida vaqtinchalik 219 o‘rinni egallagani xabar qilingandi. Demokratlar esa 216 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra to‘liq nazorat uchun kamida 218 o‘rin kerak bo‘ladi.
8 noyabr kuni AQSH Kongressining har ikki palatasiga oraliq saylovlar bo‘lib o‘tdi va hozirda saylovchilar ovozini sanash jarayoni davom etmoqda. AQSH fuqarolari butun Vakillar palatasi va Senatning uchdan bir qismini qayta saylaydi. Ayni paytda mamlakatda hokimiyatning qonun chiqaruvchi tarmog‘i, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat demokratlar nazorati ostida.
Bir necha kun avval sobiq prezident – Respublikachilar partiyasi vakili Donald Tramp respublikachilarning bo‘lajak g‘alabasiga ishonch bildirgan edi.
Pelosi 1987-yildan beri Vakillar palatasida ishlaydi va Kongressdagi keyingi muddati tugagunga qadar 84 yoshga to‘ladi. Bundan tashqari, agar respublikachilar palatadagi ko‘pchilik o‘rinlarni egallasa, spiker o‘z partiyasi vakilidan saylanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!