AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni juda aqlli, ayyor va shafqatsiz odam sifatida ta’rifladi.
Tramp bu haqda “Youtube”dagi “Full Send Podcast” kanalidagi onlayn chiqishi chog‘ida Shimoliy Koreya yetakchisi haqida berilgan savolga bergan javobida aytib o‘tdi.
“Juda aqlli, juda ayyor va juda shafqatsiz”, – deydi siyosatchi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In “genetik jihatdan ancha aqlli tug‘ilgan” va Shimoliy Koreya armiyasi, xalqi hamda KXDRdagi “hamma narsa” ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Kanal boshlovchilari uni bir so‘z bilan ta’riflab berishlarini so‘raganida, Oq uy sobiq rahbari Kim Chen Inni “qiziq” shaxs deya ta’riflagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!