Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus joriy yil boshidan buyon COVID-19 qurbonlari soni 95 foizga kamayganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u virus hali ham xavfli ekanligi va odamlar o‘limiga sabab bo‘lishda davom etayotganidan ogohlantirdi.
“Infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganlar soni muttasil kamayib borayotganidan xursandmiz. Biroq “omikron”ning o‘ta yuqumli XBB.1.16 varianti paydo bo‘lishi virus hamon mutatsiyaga uchrayotgani hamda u kasallinish va o‘lim holatlarining yangi to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligini ko‘rsatyapti”, – deydi JSST rahbari.
Shuningdek, T. Gebreyesus shu yil koronavirus pandemiyasi bekor qilinishi kutilayotganini eslatib o‘tgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!