$
11935.37 UZS
23.66
₽
145.58 UZS
-0.91
€
13432.07 UZS
112.4
31° Kechasi 18°

Dunyoni oʻzgartirgan inson. Ozodlik va adolat ramzi Nelson Mandela

14:56 / 12.03.2022

 “Taʼlim – bu dunyoni oʻzgartirish uchun ishlatishingiz mumkin boʻlgan eng kuchli quroldir”.

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Nelson Mandela

1962-yilning noyabr oyi. Atlantika okeanidagi Robben oroli. Bu orolda mahbuslar uchun maxsus qamoqxona qurilgan boʻlib, unda asosan siyosiy mahbuslar saqlanar edi. Bir kuni orolga 10 nafar umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan mahbuslar olib kelindi. Mahbuslar orasida oʻrta yoshli, anchagina baquvvat, ish tashlash uyushtirgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Nelson Mandela ham bor edi.

Qamoqxona nazoratchisi ozodlik neʼmatidan mahrum etilgan yangi mahbuslarga baqirib, ularni qoʻlidagi tayoq bilan kaltaklar edi. Lekin u azob berayotgan inson kun kelib davlat rahbari boʻlishi nazoratchining yetti uxlab tushiga ham kirmagan boʻlsa kerak.

Bugungi maqolamizda 27 yillik hayotini qamoqxona kamerasida oʻtkazgan, qorongʻi gʻordan donishmand boʻlib chiqqan, dunyoni oʻzgartirgan inson Nelson Mandelaning hayot yoʻliga nazar tashlaymiz.

 

Bolalik

Nelson Mandela 1918-yil 18-iyul kuni Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ning Transkey shahridagi Tembu qabilasida dunyoga keldi. Nelsonning otasi Gadla Genri Mandela Tembu qabilasining sardori edi. Uning toʻrtta xotini boʻlib, ulardan jami 13 ta farzandi boʻlgan. Mandela uchinchi rafiqa Nongapi Nosekenidan tugʻilgan. Uning asl ismi Xolilala boʻlgan. Mandela mansub boʻlgan kosa tilida bu ism “bezovta qiluvchi”, “buzgʻunchi” degan maʼnolarni bildiradi.

Mandelanning otasi Gadla Genri Mandela Tembu qabilasining sardori edi. Vaqt oʻtib u mustamlakachi ingliz amaldorlari bilan kelisha olmay, yer-mulk va unvonlaridan mahrum etildi. Shundan soʻng oila Sgunu qishlogʻiga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi. Mandelaning yoshlik davri oʻsha qishloqda oʻtadi.

Xolilala Mandela oilada birinchi boʻlib maktabga bordi. Mandelaning oʻqituvchisi uning ismi yaxshi maʼno anglatmasligini aytib, unga inglizcha “Nelson” ismini berdi.

Nelson Mandelaning oʻzi bu voqeani shunday eslaydi:

“Maktabning birinchi kunida oʻqituvchim Miss Mdingane oʻquvchilarning har biriga inglizcha ism qoʻydi. Bu odat oʻsha vaqtda afrikaliklar orasida ancha ommalashgan edi. Shubhasiz, bu bizning taʼlimimizda Britaniya taʼsiri tufayli roʻy bergan edi. Miss Mdingane oʻsha kuni menga yangi ismim Nelson ekanligini aytdi”.

Mandela toʻqqiz yoshga toʻlganida, uning otasi sil kasalligidan vafot etdi. Otasidan erta ajralgan yosh Nelsonni Jongintaba ismli bir qabilaning sardori oʻz homiyligiga oldi. Sababi Mandelaning otasi bir necha yil oldin Jongintaba nomzodini hukmdorlikka ilgari surgan edi. Shunday qilib, yosh Nelson Jongintaba bilan Tembulend shahriga koʻchib keldi. Jongintaba unga oʻz saroyidan joy berdi. Nelson Jongintabaning merosxoʻri hisoblangan Kayzer Matanzima bilan tezda doʻstlashib ketdi. U qirol saroyi yaqinida joylashgan maktabida oʻqishni davom ettirdi. Bu yerda Mandela tarix, geografiya va ingliz tilini oʻrgandi. Yigitcha sportga ham mehr qoʻyib, boks bilan shugʻullana boshladi.

1939-yilda Mandela Fort-Heyr universitetiga oʻqishga kirdi. Bu universitet oʻsha davrda Janubiy Afrikadagi qora tanlilar oʻqishi mumkin boʻlgan yagona oliy taʼlim muassasasi edi. Universitetda u butun umrlik doʻsti va hamkasbi boʻlgan Oliver Tambo bilan tanishdi.

Mandela birinchi kurs oxirida universitet talabalar kengashi vakili etib saylandi. Biroq ayrim sabablarga koʻra, talabalar bu saylovni tan olmadi. Shundan soʻng Nelson kegashni tark etadi. Universitet rahbariyati buni boʻysunmaslik harakati deb bilib, unga tezda kengashga qaytishi kerakligini, aks holda, oliygohdan haydalishi aytishdi. Mandela oʻz xohishiga koʻra universitetni tark etdi.

Jongintaba Mandelaning bu qilgan ishidan gʻazablandi. U Nelsondan kuzda universitetga qaytishini talab qilib, uni uylantirish taraddudiga tushdi. Bundan norozi boʻlgan Mandela, amakivachchasi bilan birga Yoxannesburg shahriga qochib ketadi. Bu yerda u oltin koniga qoʻriqchi boʻlib ishga kirdi. Biroq Mandela tezda ishdan haydaladi. Ogʻir holatga tushib qolgan Nelson oʻzining vasiysi bilan bogʻlanib, qilgan ishlaridan afsusda ekanligini bildirdi. Vaqt oʻtishi bilan Mandela Yoxannesburgdagi Vitvatersrand universitetning huquqshunoslik fakultetiga oʻqishga kirdi. Nelson 1949-yilgacha oliygohda taʼlim oldi. Lekin huquqshunoslik diplomini qoʻlga kirita olmadi. Ayni shu davrda Mandelaning ongida liberalizm gʻoyalari kurtak yoydi.

Siyosatga qadam

Nelson Mandela oʻqish davomida siyosatga qizib qoldi. Oʻshda vaqtda hukumat tomonida “aparteid” (Janubiy Afrikani boshqargan Milliy partiya tomonidan olib borilgan irqiy ajratish) siyosati yuritilgan. Nelson 1942-yilda aparteid siyosatiga qarshi boʻlgan muxolif partiya Afrika Milliy Kongressi (AMK) safiga qoʻshildi.   

1943-yilda avtobus yoʻlkira narxi keskin koʻtarildi. Bunga qarshi mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi. Mandela bu namoyishda qatnashdi. AMK oʻz maqsadi yoʻlida hukumatning “aparteid” siyosatiga qarshi kuch ishlatmaslik yoʻlini tanladi. Nelson bir necha yil partiyaning turli lavozimlarida ishladi. U Yoshlar Ligasiga bosh boʻldi. Keyinchalik, Mandela “Ozodlik Xartiyasi”ni tuzib, uni boshqardi.

Qamoq

1956-yil 5-dekabr kuni Nelson Mandela va AKMning 150 nafar aʼzosi davlatga xiyonat qilishda ayblanib hibsga olindi. Ular besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Qamoq Mandela va uning gʻoyalarini oʻzgartirdi. 1961-yilda Nelson ozodlikka chiqdi va oʻz maqsadiga erishish uchun “Millat nayzasi” deb nomlangan qurolli guruhga asos soldi. Oʻsha yili Mandela boshchiligida ishchilarning uch kunlik ish tashlashi uyushtirildi. Shundan soʻng hukumat Nelson Mandelani qoʻlga olishga buruq berdi. U oʻn yetti oy davomida qochqinlikda yurdi. 

1962-yil 5-avgust kuni Mandela Xauvik shahri yaqinida qoʻlga olindi. Uch kundan soʻng sud jarayoni boʻlib oʻtdi. Unda Mandela ish tashlashini uyushtirganlikda va davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtganlikda ayblanib, besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Biroq hukumat Mandeladan xavfsirab, uni qayta sudga tortdi. Navbatdagi sudda Nelson Mandela va 10 nafar AMK partiyasining yetakchilari siyosiy jinoyatlari uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Nelson Mandela hayotining 27 yilini tutqunlikda oʻtkazdi. U 18 yil davomida Robben orolidagi qamoqxonaning bir kishilik kamerasida oʻtirdi. Bu yerda u sil kasalligini yuqtirib oldi. Nelson Mandela qamoqda oʻtirar ekan, kun sayin uning shuhrati oshib bordi. Mandelaning xotiralariga koʻra, u qamoqxonada “D” guruhidagi mahbus sifatida olti oy davomida bir marta yaqin insonlar bilan uchrashish va bir dona xat olish huquqiga ega boʻlgan. Biroq xatlar senzura tufayli koʻpincha kechikib yoki oʻqib boʻlmaydigan holatda kelgan.

Mandela qamoqda London universitetida sirtqi kursida tahsil olib, yuridik bakalavr diplomini qoʻlga kiritdi. 1982-yilda Nelson Pollsmur qamoqxonasiga koʻchirildi.

Ozodlik

Mandela qamoqqa olinganda vaqtdan boshlab mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari “Nelson Mandelaga ozodlik!” shiori bilan Janubiy Afrika rasmiylariga jiddiy bosim oʻtkazdi. Buning natijasida, hukumat u bilan bir necha bor muzokaralar oʻtkazdi, lekin hech qanday kelishuvga erishilmadi. Xususan, 1985-yilning fevral oyida Janubiy Afrika Prezidenti Piter Bota Mandelaga “jim yurish” sharti bilan ozod qilishni taklif qildi. Ammo Nelson prezidentning taklifini rad etdi. Shundan soʻng uning obroʻsi mamlakatda keskin oshib ketdi. Aholi ham Mandelani haqiqiy lider sifatida koʻra boshladi.

1988-yilda Mandela Viktor-Verster qamoqxonasiga koʻchirildi va u ozodlikka chiqquniga qadar shu yerda boʻldi. 1989-yilda Prezidenti Piter Bota yurak xurujidan vafot etdi. Uning oʻrnini Frederik Villem de Klerk egalladi. Yangi rahbar “aparteid” siyosatini bekor qildi. Bir yildan soʻng Mandela va boshqa siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi. Uning ozodlikka chiqarilishi butun dunyoga jonli efir orqali translyatsiya qilindi.

Prezidentlik sari qadam

Qamoqdan chiqqach ham Mandela oʻz maqsadini amalga oshirish uchun harakat boshladi. U xalqaro kuchlardan foydalangan xolda, JAR hukumatidan konstitutsiyaviy islohotlar oʻtkazishni talab qildi. Shundan soʻng Prezident Villem de Klerk AMKga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi, siyosiy partiyalarga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashladi va qatllarni toʻxtatdi. 1991-yil Mandela AMK prezidenti etib saylandi, uning sodiq doʻsti va hamkasbi Oliver Tambo Milliy Kongress raisi boʻldi.

1993-yil Nelson Mandela va Prezident de Klark Janubiy Afrikada aperteidga chek qoʻyish borasidagi ishlari uchun tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

Qamoqdan chiqqach Mandela Prezident de Klark bilan saylov masalasida bir qancha muzokaralar olib bordi. Nelson va Prezident de Klarkning saʼy-harakatlari natijasida oʻzaro kelishuvga erishildi. 1994-yil 27-aprel kuni Janubiy Afrika Respublikasida birinchi demokratik saylov oʻtkazildi. Saylovda 77 yoshli Nelson Mandela gʻalaba qozondi va mamlakatning birinchi qora tanli prezidentiga aylandi.

Mandela mamlakatdagi oq tanlilar va qora tanlilar oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun sportdan foydalandi. 1995-yilda Janubiy Afrikada regbi boʻyicha Jahon kubogini oʻtkazildi. Bu davlatning xalqaro maydondagi obroʻsi oʻsishiga yordam berdi. Mandela davrida ish oʻrinlarini yaratish, uy-joy qurish, meditsina uchun katta mablagʻ ajratildi. 1996-yilda liberal demokratiyaga asoslangan yangi konstitutsiyani imzoladi.

Nelson Mandela kundaligidan

“Prezident boʻlganimdan soʻng, qoʻriqchilar bilan shahar boʻylab sayrga chiqdim. Biroz sayr qilgandan keyin biz restoranga tushlik qilish uchun kirdik. Restoran xodimlari kelib har birimizdan buyurtma qabul qilib olishdi. Qisqa muddatdan soʻng buyurgan taomlarimizni olib kelishdi. Oʻsha paytda sal naridagi stolda unga xizmat qilinishini kutayotgan yolgʻiz bir odam oʻtirgan edi. 

Unga taomini olib kelishganida men askarlarimdan biriga: bor, bu odamni chaqir, bizning yonimizga kelsin, dedim. Askar uni chaqirganidan soʻng erkak oʻrnidan turib, likopchasini olib yonimga oʻtirdi. Ovqatlanayotganda uning qoʻllari qaltirar, ovqatdan boshini koʻtarmasdi. Tushlik tugab, qaytib ketayotganimizda ham u menga qaramay qoʻlini silkitib xayrlashdi, xolos.

Askar menga:

– Madiba (Mandelani yurtida shunday deb atashgan), bu odam qattiq kasal boʻlsa kerak, ovqatlanayotganda qoʻllari qaltirab turar ekan, – dedi.

– Yoʻq! Uning titrogʻiga boshqa sabab bor, deb javob berdim. Ular menga gʻalati qarashdi va men ularga dedim:

– Bu odam meni qamalgan qamoqxona qoʻriqchisi edi. Koʻpincha qamoqxonada berilgan azoblardan soʻng suv soʻrardim, u mening ustimdan kular, suv berish oʻrniga boshimga peshobini chiqarib ketardi.

U kasal emas edi, u qoʻrqib ketganidan titrar edi. Ehtimol, men Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti boʻlganimdan keyin uni qamoqqa tiqishimdan, qiynoqqa solib, xoʻrlashimdan qoʻrqqan boʻlsa kerak. Ammo men unday qilmayman, bu ish mening feʼl-atvorim yoki axloqimga tщ-ri kelmaydi. Qasos olmoqchi boʻlgan odam butun-butun davlatlarni yoʻq qiladi, sulh yoʻlini tanlaganlar millatlarni yaratadi”.

 

Mandela hayotining soʻngi kunlari

1999-yildagi prezidentlik sayloviga Mandela oʻz nomzodini qoʻymadi. 2001-yilda Nelsonga prostata saratoni tashxisi qoʻyildi. U 2004-yil 85 yoshida siyosiy faoliyatiga rasman yakun yasaganini bildirib, bolalik yillari oʻtgan Sgunu qishlogʻiga qaytdi.

2005-yilda Mandela va uning oilasi katta judolikka uchradi. Nelsonning oʻgʻli Makgato kasallikdan vafot etdi.

2012-yilda Mandela oshqozon kasalligini davolash uchun Yoxannesburg kasalxonasiga yotqizildi. Operatsiyadan soʻng Nelsonning ahvoli ogʻirlashdi. Uning qizi Zenani Dlamini Argentinadan JARga otasi bilan birga boʻlish uchun qaytib keldi.

2013-yil 5-dekabr payshanba kuni Nelson Mandela oʻz uyida 95 yoshida vafot etdi. Oʻsha kuni Londonda uning hayot yoʻli toʻgʻrisida suratga olingan “Ozodlikka tomon olis yoʻl” filmining premyerasi boʻlib oʻtayotgan edi. Tomoshabinlar film nihoyasida Mandelaning oʻlimi haqida xabar topishdi. Premyeraga kelgan Nelsonning oila aʼzolari film yarmida namoyishni tark etishgan. Mandelaning dafn marosimida 91 nafar davlat va hukumat rahbarlari, 15 nafar sobiq rahbarlar qatnashdi.

AQSHning birinchi qora tanli Prezidenti Barak Obama Mandelaning hayot yoʻli insoniyat va mamlakatlar yaxshi tomonga oʻzgarishi mumkinligini oʻzida namoyon etgani, xalqining ozodligi uchun oʻz ozodligini qurbon qilganini urgʻulagan. Shuningdek, oʻzining shaxsiy hayotini u bergan ulkan saboqsiz tasavvur etolmasligini eʼtirof etgan edi.


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Eronda aholi yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan ogohlantirildi

Eronda aholi yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan ogohlantirildi

Eron davlat televideniyesi mamlakatga yadroviy zarba berilgan taqdirda fuqarolar qanday harakat qilişi kerakligi haqida maxs…
09:43 / 04.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda kelasi yili ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Ular muta…
12:42 / 02.11.2026
Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026
Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkent şahrida ötkazilayotgan «Döstlik Cup 2026» xalqaro futbol festivalida iştirok etiş uçun kelgan qozoğistonlik yoş futb…
17:24 / 02.11.2026
Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkent şahrida aksiz markasi bölmagan tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullangan bir neça şaxslar uşlandi.
10:10 / 03.11.2026
Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro viloyati iqtisodiyoti joriy yilda ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, iqtisodiy ösiş esa 10,1 foizni taşkil e…
11:47 / 04.11.2026
YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasin…
11:40 / 04.11.2026
Toşkentda Spark yonib ketdi

Toşkentda Spark yonib ketdi

Keça, 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida Spark avtomobilida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Fav…
12:51 / 03.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!