“Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yo‘nalishidagi 301/302-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdning chiptalariga 20 foiz chegirmalar joriy etildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Rohi ohani Tochikiston” DUK rahbariyatlari ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qatnovchi halqaro yo‘lovchi poyezdlarning chiptalar narxini pasaytirish masalasi ko‘rib chiqilgani.
Unga ko‘ra, 2022 -yil 6-sentabrdan boshlab, 301/302 sonli “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yo‘nalishidagi halqaro yo‘lovchi poyezdining chiptalariga belgilangan chipta narhining tarif qismiga qo‘shimcha 20 foiz chegirma berilishiga qaror qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!