$
12149.55 UZS
8.64
150.44 UZS
1.03
14087.40 UZS
34.3
31° Kechasi 18°

DXX Sirdaryoda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi (video)

11:15 / 30.03.2022

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruv davomida Boyovut tumanidagi masʼuliyati cheklangan jamiyat binosida noqonuniy mayning ferma faoliyat yuritayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy korxona ushbu MChJ binosini 2 yil muddatga ijaraga olgan va u yerda 1 491 komplekt mayning qurilmalari hamda 9 280 dona videokartalardan foydalangan holda mayning ferma tashkil etgan.

Natijada 2020-yilning avgust oyidan buyon 7,7 mln. AQSh dollariga teng kriptovalyuta ishlab chiqarilgan.

Buning uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat va xorijiy korxona rahbarlari o‘zaro til biriktirib, elektr tarmog‘iga ulanish uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan shartnomada faoliyat turiga quyonchilik fermasi tashkil etish mazmunida soxta maʼlumotlar kiritishgan. 

Foydalanilgan katta hajmdagi elektr energiyasi uchun past narxda to‘lovni amalga oshirishlari natijasida, ular tomonidan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishni tartibga solishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va ularga asosan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat litsenziyalanishi belgilab qo‘yilgan.


Bu ham qiziq

“G‘azodagi urush tugaganidan hamma xursand” – Tramp

“G‘azodagi urush tugaganidan hamma xursand” – Tramp

AQSh prezidentining ta’kidlashicha, tinchlikka erishilganidan yahudiylar ham, musulmonlar ham, arab davlatlari ham xursand b…
14:55 / 13.10.2025
Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
11:30 / 14.10.2025
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan…
16:56 / 14.10.2025
Tadbirkorlarga zamonaviy mahalla binolari uchun soliq imtiyozlari beriladi

Tadbirkorlarga zamonaviy mahalla binolari uchun soliq imtiyozlari beriladi

Sharoitlar yaratilgani sababli joylarda xususiy sheriklik asosida mingga yaqin zamonaviy mahalla binolari barpo etildi.
15:53 / 14.10.2025
“Har bir mahallada gavjum ko‘cha bormi – bor! Bo‘sh yer va binolar bormi – bor!”

“Har bir mahallada gavjum ko‘cha bormi – bor! Bo‘sh yer va binolar bormi – bor!”

Prezident mahallalarda tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish haqida gapirdi.
15:24 / 14.10.2025
Prezident Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bir qator amaldorlar O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik …
16:17 / 13.10.2025
Fransiya sobiq prezidentining jazoni o‘tash muddati 21-oktyabrdan boshlanadi

Fransiya sobiq prezidentining jazoni o‘tash muddati 21-oktyabrdan boshlanadi

Avvalroq, sud Nikolya Sarkozini qamoq jazosiga hukm qilgan edi.
11:08 / 14.10.2025
Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
12:16 / 13.10.2025
Surxondaryoda ayollarni paxta terimiga majburan chiqarish holati tasdiqlandi

Surxondaryoda ayollarni paxta terimiga majburan chiqarish holati tasdiqlandi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Surxondaryo paxta rejasini birinchi bo‘lib bajargan viloyat bo‘lgani edi.
15:08 / 14.10.2025
Tramp Kanada bosh vazirini “prezident” deb atadi

Tramp Kanada bosh vazirini “prezident” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 12-oktyabr kuni Kanada bosh vaziri Mark Karnining lavozimini chalkashtirib, uni “prezident” deb…
12:36 / 14.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!