Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Endilikda elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarida sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Unga ko‘ra, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!