Enrike Iglesias sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli bir qator chiqishlarini bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Xonanda bir kun oldin pnevmoniyaning og‘ir darajasi tufayli uzoq ta’tilga chiqdi. Boz ustiga, Enrike Meksikadagi festivalda chiqish qilishi kerak edi, biroq u o‘z chiqishlarini boshlanishiga bir necha soat qolganida bekor qilishga majbur bo‘ldi.
“Mening bugungi Meksikadagi namoyishim bekor qilinishi kerak edi. Menga pnevmoniya tashxisi qo‘yildi, shifokorlar to'liq dam olishni talab qilishdi, menga parvoz qilish taqiqlandi. Men uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakatda namoyishlarimni bekor qilganimdan juda afsusdaman”,- dedi xonanda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!