$
12033.28 UZS
64.69
149.30 UZS
1.56
14060.89 UZS
40.88
31° Kechasi 18°

Eronda norozilik namoyishlari kengaymoqda, Abdanan shahri hukumat nazoratidan chiqdi

09:33 / 07.01.2026

Mahalliy OAVlarga ko‘ra, Ilam viloyatidagi Abdanan shahri Eron Islom Respublikasi hukumati nazoratidan chiqqan birinchi shahar bo‘ldi. Namoyishchilar Abdanandagi politsiya boshqarmasi binosini egallab, shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishgan. Shahar politsiyachilar bitta ham o‘q uzmasdan taslim bo‘lib, namoyishchilarga qo‘shilishgan.

Bundan tashqari, namoyishchilar Malekshahi shahrini ham o‘z nazoratlariga olishga muvaffaq bo‘lishgani hamda xavfsizlik kuchlarini shahardan siqib chiqarishgani xabar qilinmoqda. Ammo bu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q.

Shuningdek, bugun Tehronning eng yirik bozorida minglab savdogarlar rejimga qarshi shiorlar bilan norozilik aksiyasi o‘tkazishdi. Bu voqea uch kun avval oyatulloh Ali Xomanaiy tomonidan berilgan bayonotdan keskin farq qiladi. Oyatulloh o‘z bayonotida savdogarlarni “Islomiy rejimga eng sodiq qatlamlardan biri” deb atagan edi.

Eronda hukumatga qarshi namoyishlar 28-dekabrdan beri davom etmoqda. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi o‘qlar, suv purkagichlar va ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalanyapti, lekin namoyishlarni to‘xtata olmayapti. Mamlakat bo‘ylab ko‘chaga chiqayotgan odamlar soni tobora ortib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Erondagi norozilik namoyishlarida kamida 35 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.

 

 


Bu ham qiziq

Zapal — chaqnatkich, lager — jamloq, planshet — yonchiq…

Zapal — chaqnatkich, lager — jamloq, planshet — yonchiq…

Bu safar mudofaa sohasiga oid 41 ta atamaning o‘zbekcha muqobili muhokamaga taqdim etildi.
17:10 / 07.01.2026
O‘zbekistonda 2027-yilda birinchi islomiy bank xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2027-yilda birinchi islomiy bank xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda islomiy moliyaning huquqiy asoslarini yaratish hamda kamida 3 ta tijorat bankida islomiy moliya xizmatini yo‘l…
11:42 / 07.01.2026
Tog‘da qolib ketgan meteorologiya xodimi vertolyotda qutqarildi

Tog‘da qolib ketgan meteorologiya xodimi vertolyotda qutqarildi

Ugam-Chotqol tog‘larida og‘ir ahvolda qolgan meteorologiya xodimini harbiylar vertolyotda evakuatsiya qildi.
17:26 / 06.01.2026
Tashkent City’da yong‘in sodir bo‘ldi

Tashkent City’da yong‘in sodir bo‘ldi

6-yanvar kuni Tashkent City hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
10:18 / 06.01.2026
8-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
14:22 / 07.01.2026
7-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

7-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sh…
17:25 / 06.01.2026
Yunusobodda ZIL, Voyah, Nexia-3 to‘qnashib ketdi

Yunusobodda ZIL, Voyah, Nexia-3 to‘qnashib ketdi

Xabarga ko‘ra, YTH natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
15:37 / 06.01.2026
“Mening inspektorim” mobil ilovasi ishga tushiriladi

“Mening inspektorim” mobil ilovasi ishga tushiriladi

2025-yil 5-yanvarda qabul qilingan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash t…
11:06 / 07.01.2026
Tojikistondan keltirilgan jami 32 kg narkotik moddalar savdosining oldi olindi

Tojikistondan keltirilgan jami 32 kg narkotik moddalar savdosining oldi olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlarini…
08:38 / 06.01.2026
Treyder Maduroning hibsga olinishiga pul tikib, 410 ming dollar foyda qildi

Treyder Maduroning hibsga olinishiga pul tikib, 410 ming dollar foyda qildi

Noma’lum treyder Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning lavozimidan chetlatilishi bilan bog‘liq voqealarga pul tikib, taxmi…
14:16 / 06.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!