Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Boyovut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.T. o‘zining tanishi bo‘lgan fuqaro M.Q.da 3 000 AQSH dollari borligini bilib, sanash jarayonlarini video tasvirga tushirishi va internet tarmog‘idagi Instagram sahifasiga joylashtirishini aytib, undan ushbu pullarni olib, 1 500 AQSH dollarini o‘zida bo‘lgan qalbaki 1 500 AQSH dollariga almashtirib qo‘yganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!