Eronlik xonanda Parostu Ahmadiy va uning jamoasining 8 nafar a’zosi 2024 yilda YouTube orqali namoyish etilgan konserti sababli 74 darra jazoga hukm qilindi.Sud ularni internetda “axloqsiz va nomaqbul kontent” tayyorlash hamda tarqatishda aybdor deb topgan.
Hukmga ko‘ra, ayblanuvchilar ikki yilga mamlakatdan chiqish huquqidan mahrum qilingan va ikki yil davomida ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.Parostu Ahmadiy 2024 yil dekabr oyida hijobsiz holda jonli efirda qo‘shiq ijro etgani ortidan keng muhokamalar markazida qolgan edi. Huquq himoyachilari mazkur hukmni so‘z va ijod erkinligiga bosim sifatida baholamoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!