“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, bugun tushdan keyin Toshkent shahrida ob-havo keskin o‘zgarishi mumkin. Poytaxtda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi hamda ayrim hududlarda shamol tezligi soniyasiga 12–15 metrga yetishi prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, Toshkent va respublikaning ayrim hududlarida chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli ham mavjud. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi, natijada sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Fuqarolardan ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi sababli ehtiyot choralarini ko‘rishni, zarurat bo‘lmasa uzoq safarlarga chiqmaslikni tavsiya etmoqda. Ayniqsa, tog‘li hududlarda dam olayotgan fuqarolar va haydovchilardan yanada hushyor bo‘lish so‘ralmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!