Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025–2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga oshgan.
Talabalarning 782,9 ming nafari ayollar, 752,1 ming nafari esa erkaklardan iborat.
Talabalar sonining yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:
2021/2022 o‘quv yili — 808,4 ming nafar;
2022/2023 o‘quv yili — 1 042,1 ming nafar;
2023/2024 o‘quv yili — 1 314,5 ming nafar;
2024/2025 o‘quv yili — 1 432,8 ming nafar;
2025/2026 o‘quv yili — 1 535,0 ming nafar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!