Mahmud Abbos ertaga, juma kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashadi. Bu haqda Falastin fuqarolik ishlari vaziri, Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi kotibi Husayn al-Shayx ma’lum qildi.
Rasmiy X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) “Falastin rahbariyatining halokatli urushni tugatish bo‘yicha 24 soatlik sa’y-harakatlari doirasida” Falastin rahbari payshanba kuni Ammanda Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashishini yozdi.
“Prezident juma kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan”, — deya qo‘shimcha qildi al-Shayx.
O‘z navbatida, AQSH Davlat departamentidagi manbaning ma’lum qilishicha, Blinken Isroil va Iordaniyaga qilgan tashriflaridan so‘ng Yaqin Sharqdagi bir qator boshqa mamlakatlarga ham tashrif buyurish niyatida.
Blinken Isroilga uchishdan oldin Vashington yaqinidagi Merilend shtatidagi Endryus armiyasi bazasida jurnalistlar bilan suhbatda, Qo‘shma Shtatlar keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Isroilga qarshi har qanday tajovuzni oldini olishga faol harakat qilish niyatida ekanini aytgan edi. Bundan tashqari, AQSH Davlat kotibi Vashington Isroilga favqulodda harbiy yordam ko‘rsatishni allaqachon boshlaganini va bu bilan to‘xtab qolish niyatida emasligini tasdiqlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!