Finlyandiya Ukrainadagi harbiy harakatlar tufayli Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar doirasida Rossiyaning 187 million yevro (203 mln dollar) miqdoridagi aktivlarini muzlatib qo‘ydi.
“Bular ko‘chmas mulk, aksiyalar, avtomobillar, yaxtalar, samolyotlar. Turli xil qimmatbaho mulklarni tashkil etadi”, – dedi mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Pia Saarivara.
O‘tgan yilning kuzida Finlyandiyada Rossiya aktivlarining musodara qilinishi bir necha o‘nlab tashkilotlarga ta’sir qilgani haqida xabar berdi. Musodara qilingan mol-mulk ro‘yxatiga nomoddiy aktivlar, ko‘chmas mulk, sanoat xomashyosi va transport vositalari kiritilgan.
2022-yil oktyabr oyida Finlyandiya Mudofaa vazirligi zarurat tug‘ilganda, agar u mamlakat xavfsizligi uchun muhim hududda joylashgan bo‘lsa, rasmiylar rossiyaliklar tomonidan sotib olingan mulkni ekspropriasiya qilishi mumkinligini tan oldi. Agentlik hozirda bunday choralar ko‘rib chiqilmoqdami yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan, biroq “birinchi marta rad etish huquqi bir necha bor qo‘llanilganini” ta’kidlagan.
Finlyandiya YeI a’zosi sifatida Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan. O‘tgan fevral oyidan beri Bryussel to‘qqiz tur cheklovlarni joriy qilgan va endi yangilari ustida ishlamoqda. Yevropa Kengashi prezidenti Charlz Mishel “sanksiyalar haqidagi har bir munozara avvalgisiga qaraganda ancha qiyin” ekanini tan oldi. Moskva bu cheklovchi choralarni noqonuniy, deb biladi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi esa “mamlakat aktivlarining muzlatilishi tarixdagi eng katta o‘g‘irliklardan biri” ekanini aytdi.
Dekabr oyida Finlyandiyadagi Rossiya savdo vakili Anton Loginov Xelsinki sanksiyalarning milliy iqtisodiyotga ta’sirini yetarlicha baholamaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda Rossiya bilan savdo aylanmasi 4,5 milliard yevrogacha kamayishi mumkin. 2021-yilda Rossiya va Finlyandiya tashqi savdo aylanmasi, Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 13 milliard dollardan ortiqni tashkil qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!