Fransiyada temiryo‘lchilar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Mir24” xabar berdi.
Qayd etilishicha, temiryo‘lchilar Parij ko‘chalariga bannerlar, chiroqlar va hatto bolg‘a bilan chiqishgan. Ular hokimiyatning xatti-harakatlariga shunday norozilik bildirmoqda.
“Temiryo‘lchilar o‘z ish joylarini shunday himoya qilishadi. Ular temir yo‘llarni xususiylashtirishga, shuningdek, yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi Fransiya milliy temir yo‘llari kompaniyasining yopilishiga qarshi. Norozi odamlarning yurishi tufayli ayrim ko‘chalarda transport harakati qiyinlashdi”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!