Sobiq futbolchi hozirda “Everton” klubi murabbiyi.
Frenk Lempard “Everton” bosh murabbiyligidan ketishi mumkin.
Mersisayd klubi o‘z uyida “Brayton”ga 4:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, 44 yoshli mutaxassis faoliyatini yakunlashga yaqin turibdi, deb xabar beradi talkSPORT.
“Everton” barcha musobaqalardagi so‘nggi 7 o‘yinda g‘alaba qozonmagan: 5 mag‘lubiyat va 2 durang. Oxirgi marta “kofelar” 22-oktabr kuni “Kristal Pelas” ustidan g‘alaba qozongan (3:0).
Jamoa 18 o‘yindan keyin 15 ochko jamg‘argan holda Premyer-liga turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
Lempard 2022-yilning yanvaridan beri “Everton”ni boshqarib kelmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!