2024-yil oxirida Xitoyning Shanghai SUS Environment Co. LTD kompaniyasi vitse-prezidenti Tom Shea O‘zbekiston bilan hamkorlik va maishiy chiqindilarni energiyaga qayta ishlash sohasidagi rivojlanish istiqbollari haqida o‘z baholari bilan o‘rtoqlashdi.
“So‘nggi yillarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida chiqindilarni boshqarish siyosati va ulkan maqsadlarni amalga oshirish orqali barqaror rivojlanishga o‘tishni tezlashtirmoqda.
Ushbu tashabbuslar va ortib borayotgan talabga javoban biz 2024-yilda O‘zbekistondagi chiqindidan energiya bozoriga chiqdik va mamlakatning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun ilg‘or texnologik yechimlarni taqdim etmoqdamiz.
Ta’kidlash joizki, zavodlarimiz ishga tushirilishi bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda maishiy chiqindilarni qayta ishlash zavodlariga ega bo‘lgan birinchi davlatga aylanadi.
Kompaniyamiz investitsiya jozibadorligini oshirishga qaratilgan oqilona siyosat va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar tufayli O‘zbekistonda o‘z loyihalarini amalga oshirayotganidan juda mamnun.
Kelgusida korxonamiz O‘zbekiston rivojiga, zamon talablariga javob beradigan yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqarishga, Xitoyning yirik ilg‘or kompaniyalarini respublika bilan hamkorlikka jalb etishga o‘z hissasini qo‘shadi.
O‘zbekiston uchun bu yangi yo‘nalishda kadrlar tayyorlash, mahalliy oliy ta’lim muassasalari va ixtisoslashtirilgan soha tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, qonunchilikka oid me’yoriy hujjatlarni hamkorlikda ishlab chiqishda amaliy yordamimizni ayamaymiz.
Loyihalarini kengaytirish doirasida kompaniyamiz qariyb 1 milliard AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirgan.
Umid qilamizki, hamkorligimiz 2025-yilda juda samarali bo‘ladi va ikki tomonlama munosabatlarimiz izchil rivojlanib, yangi cho‘qqilarni zabt etadi” – deydi kompaniya rahbari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!