Falastinning G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, 2023-yil 7-oktyabrdan beri blokadadagi G‘azo sektorida davom etgan Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 39 ming 324 nafarga yetdi.
Oxirgi 24 soat ichida anklavning yana 66 nafar aholisi Isroil zarbalari qurboni bo‘ldi, 241 nafari jarohat olgan.
Shuningdek, 7-oktyabrdan beri jami yaradorlar soni 90 830 nafarga yetgan.
“Halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqarolik mudofaasi guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti”, deya qo‘shimcha qildi departament.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!