$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Hukumat kimni himoya qilmoqchi mahalliy ishlab chiqaruvchinimi yoki tanlab olinganlarni?

10:57 / 06.12.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Bosh vazir Aripov joriy yil 2-dekabrda imzolagan hujjat surati tarqaldi. Hujjat matniga ko‘ra, bosh vazir topshirig‘i bilan ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida paxta linti (chigitlangan paxta) xomashyosini eksport qilishni vaqtincha cheklash bo‘yicha topshiriq berilgan.

Mazkur mahsulot eksportining cheklanishida “Farg‘ona Kimyo Zavodi” MChJ, “Global Kamsko Daewoo” MChJ XK va “Baxtteks-Farm” MCHJlarning taklifi inobatga olingan.  

Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari ixtiyoridagi mavjud paxta linti xomashyosini kunlik birja savdolariga uzluksiz chiqarilishi ta’minlanadi va mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan xarid qilinishida amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Mazkur tartib “alohida topshiriq berilguniga qadar” amal qiladi.

Jeonbuk national university magistranti Mirkomil Xolboyev mazkur qarorning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida yozarkan, mutasaddilar oldiga savol qo‘yadi: “o‘zi aslida kimni himoya qilmoqchimiz?”

“Ko‘p hollarda importni cheklashda ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish degan vaj ko‘rsatiladi. Vaholanki, so‘ngi vaqtlarda ba’zi tovarlar eksportini cheklashga harakat qilish ham ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish deb nomlangan “maska” ortiga yashirilmoqda. O‘zi kimni himoya qilmoqchi hukumat, ichki ishlab chiqaruvchilarnimi yoki tanlab olinganlarnimi?..
Muammo shundaki, bu kabi cheklovlar vaqtincha (hamda yashirin) o‘rnatilsada, uning yomon oqibatlari juda uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. 

Birinchidan, lint xomashyosi eksport qiluvchilar chet ellik hamkorlari bilan tovarni yetkazib berishdan ancha oldinroq shartnomalar tuzadi, vazirning topshirig‘i esa kutilmaganda qabul qilinishi natijasida lint eksport qiluvchi firmalar shartnomalarini buzishiga to‘g‘ri keladi. Hamda chet ellik hamkorlarning aksariyati shartnomani bajarolmagan firmalar bilan keyinchalik qayta ishlashdan bosh tortadi.

Eng yomon holat esa eksport uchun to‘lov amalga oshirilgandan keyin cheklovning joriy qilinishi (ba’zi eksporterlarda shunday muammo bo‘lmoqda ekan).  Bunday holat ham eksporter firmalarning hamkorlarini butunlay yo‘qotishiga olib keladi, albatta.  

Men bir jihatga hecham tushunmayman, axir xomashyo narxining o‘sishidan faqat bizning tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rayotgani yo‘qku,  huddi bizning ishlab chiqaruvchilar kabi chet ellik ishlab chiqaruvchilar ham yuqori narxda xomashyo sotib olishga majbur bo‘lmoqda. Xomashyoning narxi teng bo‘lgan holatda ham bizning tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar, masalan, Xitoy yoki Turkiyaga nisbatan nisbiy ustunligini saqlab qoladiku. Axir bu soha ishchi kuchini ko‘proq talab qiluvchi soha hisoblanadi, hamda bizda ishchi kuchi shartli Xitoy yoki Turkiyaga nisbatan karrasiga arzonroq.  

Bundan tashqari, nima uchun tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yoqadigan bu kabi topshiriqlar xomashyo ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazishi haqida umuman o‘ylanmaydi. To‘g‘ri, qisqa muddatda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar ichki bozorda xomashyoni arzonroq sotib olishga erishadi, ammo  hukumatning qarorlariga bo‘lgan ishonchsizlik hamda ichki bozordagi rentabellikning pasayishi natijasida xomashyo ishlab chiqaruvchilar bozorni tark eta boshlaydi. Uzoqroq muddatda  bozor muvozanati yana yuqoriroq narxdagi muvozanatga qaytadi hamda bu ichki tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilarga hech qanday naf bermaydi (uzoq muddatda). Ammo o‘sha vaqtda eksporti cheklangan tovarning eksporti butunlay yo‘qotilgan bo‘ladi.

O‘zi aslida hukumat ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilmoqchi emas, balki faqat tanlab olingan ishlab chiqarish bo‘g‘inlari yoki alohida tanlab olingan ishlab chiqaruvchilarni himoya qilmoqchi va qilmoqda, xolos. Bizga esa, oxirgi 30 yilda umuman ishlamagan  hamda tor doira manfaatini himoya qiladigan qaror (yoki topshiriq)lar emas, balki butun xalqning farovonligini oshiradigan siyosat kerak. Umumiy farovonlikni oshiradigan siyosat esa ba’zida hech nima qilmaslikdan iborat, xolos. Tashqi savdoda esa umuman hech nimaga aralashmaslik ko‘pchilik uchun aynan eng to‘g‘ri qaror bo‘lar edi. 

 


Bu ham qiziq

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!