$
11988.92 UZS
-30.16
153.49 UZS
-0.38
13663.77 UZS
-25.96
31° Kechasi 18°

IIB xodimlarini foto, video tasvirga tushirish va uni tarqatish huquqi saqlab qolindi

15:26 / 24.01.2025

Joriy yil 24-yanvar, juma kuni bo‘lib o‘tgan Senatning uchinchi yalpi majlisida “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan yangi 195-2-moddasi ham to‘liq qayta ishlangan. Jumladan, fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini foto, video tasvirga tushirish va tasvirlarni tarqatish huquqi saqlab qolingan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati to‘liq saqlanib qolmoqda. Oldingi tahrirdan farqli ravishda bor narsani ijtimoiy tarmoqqa qo‘yganlik uchun javobgarlik belgilanmayapti.

Qonunda faqat xodimlarning tasvirini ularni obro‘sizlantirishga olib keladigan tarzda buzib tarqatmaslik, ya’ni xodimning harakatlari, so‘zlari va yuz bergan holatni buzmaslik, shu maqsadda montaj qilmaslik talab etilmoqda.

Mazkur modda sanksiyasida belgilangan jarima miqdorlari ham qaytadan ko‘rib chiqildi. Jumladan, qat’iy belgilangan BHMning 50 barobari miqdoridagi jarima 20 baravardan 50 baravargacha etib, qat’iy belgilangan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olish 10 sutkagacha qisqartirilmoqda, ya’ni holatdan kelib chiqib, sudya undan ham kamroq muddat belgilashi mumkin.

Shundan kelib chiqib, ushbu moddada “huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto – va (yoki) videotasvirni ularni obro‘sizlantirishga olib keladigan tarzda buzib tarqatish, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish” uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Senatorlarning fikricha, mazkur Qonunning qabul qilinishi, yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘llarda harakatlanish madaniyatini oshirishga, yo‘l harakati ishtirokchilari harakat davomida belgilangan qoidalarga amal qilishini ta’minlashga, pirovardida yo‘l-transport hodisalari soni kamayishiga xizmat qiladi.

Qayd etilishicha, ushbu qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH sodir bo‘ldi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘…
10:04 / 27.07.2026
Braziliya Tramp ma’muriyati vakillariga viza bermadi

Braziliya Tramp ma’muriyati vakillariga viza bermadi

Braziliya AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining ikki vakiliga viza berishni rad etdi. Bu haqda Reuters o‘z manbalarig…
11:50 / 26.07.2026
Bugun, 28-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 28-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI27-iyul soat 20:00 dan 28-iyul soat 20:00 gacha
17:02 / 27.07.2026
Haydovchilarga ogohlantirish: jarima ballarini o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlarga ishonmang

Haydovchilarga ogohlantirish: jarima ballarini o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlarga ishonmang

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXB) haydovchilarni jarima ballarini ma’lum to‘lov evaziga bazadan o‘chirib ber…
12:43 / 28.07.2026
Surxondaryoda ota 9 yoshli qiziga hayvon tezagini majburan yedirdi

Surxondaryoda ota 9 yoshli qiziga hayvon tezagini majburan yedirdi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 36 yoshli erkak 9 yoshli qizini jazolash maqsadida unga hayvon tezagini olib k…
09:34 / 28.07.2026
Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila yuz berdi, sunami xavfi e’lon qilindi

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila yuz berdi, sunami xavfi e’lon qilindi

Bugun, 28-iyul kuni Yaponiyaning janubidagi Kumamoto prefekturasida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng Kyus…
15:23 / 28.07.2026
O‘zbekistonga yangi energetika vaziri tayinlandi

O‘zbekistonga yangi energetika vaziri tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Sherzod Xikmatullayevich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi en…
14:28 / 27.07.2026
15 yil ishlagan tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foizigacha subsidiya beriladi

15 yil ishlagan tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foizigacha subsidiya beriladi

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari …
16:10 / 27.07.2026
Andijonda davlat yerini 39 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonda davlat yerini 39 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati Marhamat tumanida davlat zaxirasidagi yer maydonini noqonuniy sotishga uringan shaxs ushlandi.
11:22 / 26.07.2026
Navoiyda 778 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Navoiyda 778 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Navoiy viloyatining Nurota va Navbahor tumanlaridagi cho‘l hududlariga 778 ta yo‘rg‘a tuvaloq (hubara) qo‘yib yuborildi.
15:15 / 28.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!