Surxondaryoda ota 9 yoshli qiziga hayvon tezagini majburan yedirdi
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 36 yoshli erkak 9 yoshli qizini jazolash maqsadida unga hayvon tezagini olib kelishni buyurib, so‘ng uni majburan og‘ziga solgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat bo‘yicha bolaning onasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Tergov davomida aniqlanishicha, voqea aks etgan video 2025-yil 30-dekabr kuni tasvirga olingan bo‘lib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi (“Qiynash”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!