Navoiyda 778 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi
Navoiy viloyatining Nurota va Navbahor tumanlaridagi cho‘l hududlariga 778 ta yo‘rg‘a tuvaloq (hubara) qo‘yib yuborildi.
Qushlar BAAning ixtisoslashtirilgan pitomnigida parvarish qilinib, O‘zbekistonga olib kelingan. Loyiha Ekohudud va ovchilikni rivojlantirish departamenti, Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi, Falson Hunting Solutions MChJ hamda Dubay amirligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida amalga oshirildi.
Mutaxassislar ushbu tashabbus yo‘rg‘a tuvaloqlar sonini ko‘paytirish, ularning tabiiy yashash muhitini tiklash hamda cho‘l ekotizimining biologik muvozanatini saqlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Kelgusida qo‘yib yuborilgan qushlarning tabiiy sharoitda yashashi va ko‘payishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!