Haydovchilarga ogohlantirish: jarima ballarini o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlarga ishonmang
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXB) haydovchilarni jarima ballarini ma’lum to‘lov evaziga bazadan o‘chirib berishni taklif qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
YHXB axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, jarima ballarini o‘chirishning texnik imkoniyati mavjud emas. Tizim to‘liq himoyalangan va ballar avtomatik tarzda hisoblanadi.
Aniqlanishicha, ayrim Telegram kanallarida soxta yozishmalar va videolar orqali fuqarolarni aldashga urinish holatlari kuzatilgan. Ushbu videolarda go‘yoki jarima ballari o‘chirib berilgani haqida yolg‘on guvohliklar tarqatilgan.
YHXB fuqarolarni bunday takliflarga ishonmaslikka, firibgarlik holatlariga duch kelganda esa darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirdi.
Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar soni 700 nafardan ortgan. Ularga nisbatan haydovchilik huquqidan mahrum etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!