$
12279.48 UZS
13.71
159.25 UZS
0.18
14508.21 UZS
16.2
31° Kechasi 18°

“Imom Buxoriy” ordeni ta’sis etiladi

11:32 / 16.08.2022

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva tomonidan olib borilgan videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan majlisda Senatorlar tomonidan “Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Xususan, islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Buxoriy, Imom Termiziy singari yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk hadisshunos-allomalar merosini har tomonlama teran o‘rganish, keng targ‘ib va tashviq qilish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad Termiziy, Qarshi tumanidagi Abul-Mu’iyn an-Nasafiy ziyoratgohlari va boshqa qadamjolarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Ta’kidlanganishicha, mazkur ordenni ta’sis etish to‘g‘risidagi Qonun bilan “Imom Buxoriy” ordenining nizomi va uning tavsifi tasdiqlanmoqda. Shuningdek, “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda deyiladi xabarda.
“Imom Buxoriy” ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi: “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni hamda “Imom Buxoriy” ordeni. “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni “Imom Buxoriy” ordenidan yuqori darajada hisoblanadi.

“Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti hamda ilmiy merosini o‘rganish va xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishganligi uchun, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari, shuningdek xorijiy arboblar va olimlar, mamlakatimizning atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilar mukofotlanadi.

“Imom Buxoriy” ordeni bilan:
ulug‘ allomalarimiz ilmiy merosini chuqur o‘rganib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlar merosiga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari, yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan tarixiy merosimizni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlashdagi samarali mehnati, «Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan g‘arazli tahdid va harakatlarning oldini olish, bunday xatarlarga qarshi kurashishning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash borasidagi xizmatlari, islom sivilizatsiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan, xalqimiz ma’naviyati va madaniyati rivojida tutgan o‘rni hamda ahamiyatini o‘rganib, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etishdagi katta xizmatlari uchun mukofotlanishi aytildi.

“Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti, “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar esa bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

Senatorlar ushbu ordenni ta’sis etish to‘g‘risidagi Qonunni ma’qullagan.


Bu ham qiziq

Endi kam ahamiyatli yo‘l harakati qoidabuzarliklariga ma’muriy ogohlantirish qo‘llaniladi

Endi kam ahamiyatli yo‘l harakati qoidabuzarliklariga ma’muriy ogohlantirish qo‘llaniladi

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
12:45 / 05.02.2026
Samarqandda “adashib” 14 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan 4 nafar erkak qamaldi

Samarqandda “adashib” 14 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan 4 nafar erkak qamaldi

Samarqand viloyatida voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlab ketgan to‘rt kishi jinoiy javobgarlikka tortildi. Ish materiallariga ko…
10:02 / 05.02.2026
Milan–Kortina–2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori ma’lum bo‘ldi

Milan–Kortina–2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori ma’lum bo‘ldi

Bugun Milan–Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
17:01 / 06.02.2026
Suv tejovchi texnologiyalar uchun katta subsidiyalar va kreditlar ajratiladi

Suv tejovchi texnologiyalar uchun katta subsidiyalar va kreditlar ajratiladi

Suv — oltinga teng resurs. Prezidentning yangi qarori bilan O‘zbekistonda suvdan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlashni…
22:01 / 06.02.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi yakunlandi

“Nurxon” aeroportida oliy martabali mehmonni Pokiston Bosh vazirining maxsus maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vazi…
16:20 / 06.02.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobodga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobodga bordi

Pokiston havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamr…
16:19 / 05.02.2026
Oliy sudda 2025-yilgi odil sudlov faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Oliy sudda 2025-yilgi odil sudlov faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Tadbirda sud tizimida olib borilayotgan islohotlar, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlar…
08:40 / 05.02.2026
Qashqadaryoda aka-ukalarning xonadonidan qariyb 22 kg marixuana topildi

Qashqadaryoda aka-ukalarning xonadonidan qariyb 22 kg marixuana topildi

Natijada, gugurt qutilarga hamda sintetik qoplarga joylangan jami og‘irligi 21 kg 712 g bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vos…
15:02 / 05.02.2026
Buxoroga yana 25 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Buxoroga yana 25 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Mart oyi yakuniga qadar Buxoroga yana 60 ta ana shunday avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan.
15:48 / 06.02.2026
Islomiy bank faoliyatini joriy etish bo‘yicha qonun ma’qullandi

Islomiy bank faoliyatini joriy etish bo‘yicha qonun ma’qullandi

O‘zbekiston Senati islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Hujjat bank-moliya tizimida islomiy…
16:48 / 05.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!