Indoneziyada yangi prezident Prabovo Subianto rasmiy ravishda ish boshladi. Mamlakat poytaxti Jakarta shahrida inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prabovo Subianto va vitse-prezident Gibran Rakabuming parlamentning yalpi majlisida 2024-yildan 2029-yilgacha davlatning birinchi va ikkinchi shaxslari sifatida qasamyod qildilar.
Indoneziyada prezident saylovi mart oyida bo'lib o'tdi. Prabovo Subianto ularda 96 milliondan ortiq ovoz to'plagan holda g'alaba qozondi, Jakarta sobiq gubernatori Anis Basvedan 41 millionga yaqin, Markaziy Java provinsiyasining sobiq gubernatori Ganjar Pranovo 27 milliondan ortiq ovoz oldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!