$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Instagram’da eng ko‘p “layk” yig‘gan postlarni bilasizmi?

18:11 / 22.01.2023

Instagram ijtimoiy tarmog‘i so‘nggi yillarda mashhur san’atkorlar, sportchilar va boshqa media vakillarining asosiy daromad manbayiga aylanib bormoqda. Yulduzlar tomonidan ushbu platformaga joylashtirilgan surat va videolar “folloverlar”ning munosabatiga sabab bo‘ladi.

Ushbu maqola orqali Instagram’dagi foto va video almashish bo‘yicha eng ko‘p “layk” to‘plagan 20 ta postni o‘z ichiga oladi.

2023-yil yanvar oyidagi reytingda muxlislar tomonidan eng ko‘p yoqtirish to‘plangan post argentinalik futbolchi Lionel Messi va jamoadoshlarining 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlayotgan karuseli bo‘lib, unga 74 milliondan ortiq turli akkauntlar “layk” bosgan. 2022-yil 18-dekabrda yuklangan postda Messi finalda Argentina terma jamoasining Fransiya ustidan qozonilgan g‘alabadan keingi o‘zining birinchi Jahon kubogi sovrinini qo‘lga kiritgani ko‘rsatilgan. Bu, shuningdek, barcha ijtimoiy media platformalarida hozircha eng ko‘p yoqtirilgan postdir.

Joriy rekord

Ushbu post ijtimoiy tarmoqqa yuklanganining dastlabki 39 daqiqasida 10 million “layk” to‘pladi. Ertasi kuni ushbu post ulashilganidan keyin birinchi 24 soat ichida 50 million layk to‘plagan Instagram posti bo‘lib tarixga kirdi. Shuningdek, u Krishtianu Ronalduning rekordini yangilab, sportchilar uchun eng ko‘p layk to‘plangan postga aylandi.

2022-yil 19-noyabrda uning va Messining shaxmat o‘ynayotgani aks etgan foto 42 million yoqtirishlarga ega bo‘ldi. 2022-yilning 20 dekabrida postdagi “layk”lar soni 56 milliondan ortib, “@world_record_egg” maxsus akkaunti tomonidan o‘rnatilgan rekordni ortda qoldirdi. Bundan tashqari, eng ko‘p layk to‘plangan 20 ta postdan yettitasi Messiga tegishli akkauntdan yuklangan postlar bo‘lib, asosan 2022-yilgi Jahon chempionati vaqtida chop etilgan. Shuningdek, Ronalduga tegishli 7 ta post ham Top-20 reytingdan o‘rin olgan.

Messi e’lon qilganidan so‘ng 48 soat ichida ushbu Instagram postidagi yoqtirishlar soni 64 milliondan oshib ketdi va shu tariqa u TikTok va YouTube xostingida eng ko‘p “layk” to‘plangan musiqiy videolarni ham ortda qoldirib, barcha ijtimoiy media platformalarida eng ko‘p yoqtirilgan ijtimoiy tarmoq postiga aylandi.

Bunga qadar “Despacito” qo‘shig‘i 50,2 million, TikTok’da esa filippinlik qo‘shiqchi Bella Porch tomonidan yuklangan va “Sophie Aspin Send” qo‘shig‘i bilan sinxron qilingan video 60,3 million “layk” yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Bu, shuningdek, Instagram’da 60 va 70 million yoqtirishlarga erishgan birinchi post bo‘ldi va e’lon qilinganidan so‘ng atigi 3 kun ichida ushbu natijaga erishgani hayratlanarli.

Avvalgi rekord

2019-yilning 4-yanvar kunida “@world_record_egg” maxsus akkauntida tuxum surati joylashtirildi, u o‘sha paytda Instagram’dagi eng ko‘p layk to‘plangan postni (18,6 million “layk”ga ega Kayli Jennerning qizi surati) ortda qoldirdi. Tuxum surati dastlab Sergey Platanov tomonidan olingan bo‘lib, u 2015-yil 23-iyun kuni uni “Shutterstock” platformasiga (fotografiya, video, musiqa va tahrirlash vositalarini taqdim etuvchi Amerika kompaniyasi) “oq fonda ajratilgan tuxumlar” sarlavhasi bilan joylashtirgan. “@world_record_egg” akkauntini yaratuvchisi Kris Godfri bo‘lib, reklama ijodkori esa uning do‘stlari CJ Brovn va Alissa Xan hisoblanadi.

2019-yilning 14-yanvarida tuxum tasviri Instagram’da eng ko‘p “layk” to‘plangan postga aylandi, tuxum akkaunti egasi unga “Bu aqldan ozish. Tiriklik uchun qanday zamon keldi” izohi bilan joylashtirgan. Platanov o‘zining fotosurati mashhurligidan hayratda qolganini ma’lum qildi.

Top-20 post

Instagram’da eng ko‘p yoqtirilgan 20 ta post ro‘yxatida eng ko‘pi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga tegishli akkauntlardan yuklangan (umumiy 14 ta) fotolar hisoblanadi. Shuningdek, yettita post bitta voqea, ya’ni 2022-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qaratilgan.

Qayd etish mumkin, Instagram Kevin Sistrum va Mayk Kriger tomonidan asos solingan Amerika foto va video almashish ijtimoiy tarmog‘idir. 2012-yil aprel oyida Mark Sukerbergga tegishli Facebook (hozirgi Meta) kompaniyasi ushbu xizmatni naqd pul va aksiyalar ko‘rinishida taxminan 1 milliard AQSH dollariga sotib oldi. Ilova foydalanuvchilarga filtrlar bilan tahrirlanishi hamda xeshteglar va “geotegging” yordamida tartibga solinishi mumkin bo‘lgan media fayllarni yuklash imkonini beradi.

Xabarlarni hammaga ochiq yoki oldindan tasdiqlangan obunachilar bilan baham ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilar boshqalarning kontentini teglar va joylashuv bo‘yicha ko‘rib chiqishlari va trend kontentini ko‘rishlari mumkin. Foydalanuvchilarga fotosuratlarni yoqtirishi va boshqa foydalanuvchilarga o‘z kontentini shaxsiy tasmasiga qo‘shish uchun kuzatish imkoniyati beriladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, internetdan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan 1 milliard nafardan ortiq insonlar Instagram’da ro‘yxatdan o‘tgan.


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!