50 yoshli al-Mansuriy bungacha Shaharsozlik vaziri va Marrakesh shahri meri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Unga yangi hukumatni shakllantirish topshirilgan. Siyosatchi o‘z murojaatida tayinlovni tarixiy voqea deb atab, bu nafaqat o‘zi, balki barcha marokashlik ayollar uchun faxr ekanini ta’kidlagan.
Tayinlov mamlakatda o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan saylov natijalari e’lon qilinganidan to‘rt kun o‘tib amalga oshirildi. “Haqqoniylik va modernizatsiya” partiyasi Vakillar palatasidagi 395 o‘rindan 97 tasini qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egallagan.
Al-Mansuriy arab dunyosida hukumat rahbari lavozimini egallagan ikkinchi ayol bo‘ldi. Avvalroq Yaponiyaning sobiq ichki ishlar vaziri Sanae Takaichi mamlakat hukmron Liberal-demokratik partiyasi rahbarligiga saylanib, Yaponiyaning ilk ayol bosh vaziriga aylangani xabar qilingandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!