Namangan viloyatining Uyçi tumanida telefon ustaxonasiga eşik qulfini buzib kirib, 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoşli yigit qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa 10-noyabr kuni soat 02:30 larda tuman markazidagi telefon ustaxonalaridan birida sodir bölgan. Noma’lum şaxs ustaxona eşigining qulfini buzib, içkariga kirgan va telefonlarni öğirlaşga uringan.
Biroq tungi xizmatda bölgan Qöriqlaş xizmati tezkor harakatlanuvçi guruhi voqea joyiga yetib kelib, ustaxonaga yaşiringan şaxsni qölga olgan.
Tekşiruv davomida gumonlanuvçi 2008-yilda tuğilgan, Uyçi tumanida yaşovçi fuqaro ekani aniqlangan. Uning yonidan 14 ta telefon qurilmasi aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!