Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
Yangi qoidalar 23-sentabrdan kuchga kirgan. Unga ko‘ra, avtobusda baland ovozda musiqa yoki video qo‘yish, o‘rindiqlarga oyoq qo‘yish, chiqindi tashlash, shuningdek, transportda ovqatlanish va ichimlik ichish kabi holatlar uchun jarima qo‘llanadi.
Singapur Yer transporti boshqarmasi (LTA) ma’lum qilishicha, yangi tartibdan maqsad jamoat transportida yo‘lovchilar uchun xavfsiz, qulay va o‘zaro hurmatga asoslangan muhit yaratish.
Avtobus bekatlari va terminallarida boshqa yo‘lovchilarga xavf tug‘dirish yoki ularning harakatlanishiga to‘sqinlik qilish, shuningdek, avtobus va bekatlarni ifloslantirish uchun jarima 5 ming Singapur dollarigacha yetishi mumkin.
Qoidalar ijrosini avtobus haydovchilarining o‘zi nazorat qilmaydi. Vakolatli xodimlar qoidabuzarlikda gumon qilingan yo‘lovchilarga ma’muriy bildirishnoma berishi mumkin. Keyinchalik holat LTA tomonidan tekshiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!