$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Intizomiy jazo qo‘llanilganda xodim nimalar qila oladi?

14:19 / 20.04.2022

Mehnat faoliyatini olib borishda xodimlar turli vaziyatlarga tushishi, natijada esa mehnat qoidalarini qasddan yoki boshqa sabablarga ko‘ra buzishi holatlari uchrab turadi. Bunda xodimga nisbatan turli xil jazolar qo‘llanilishi mumkin. Bu mehnat qonunchiligida intizomiy jazo deb nomlanadi. Mazkur jazo choralarining biz bilib olishimiz lozim bo‘lgan jihatlari mavjud.

Intizomiy jazo turlari

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha quyidagicha intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi:

– hayfsan;

– o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;

– mehnat shartnomasini bekor qilish.

Mazkur intizomiy jazo turlari mehnat kodeksining 181-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, xodimga nisabatan boshqa turdagi jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.

Intizomiy jazolarni qo‘llashda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Qonunchilikda intizomiy jazo chorasini qo‘llashning o‘ziga xos shartlari mavjud.

– intizomiy jazolar ishga qabul qiluvchi shaxs tomonidan qo‘llaniladi.

– intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.

– har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.

– intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llaniladi.

– Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab 6 oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, sodir etilgan kundan boshlab 2 yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.

– Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab 1 yildan oshib ketishi mumkin emas. Bu muddat 1 yil o‘tmasdan ham olib tashlanishi mumkin.

Intizomiy jazo qo‘llanilganda xodim nimalar qila oladi?

Xodim ungan nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilishidan oldin yuqorida ko‘rib chiqqanimiz jazo qo‘llashning belgilangan talablariga amal qiliniyotganligini tekshirishi lozim.

Shuningdek, xodim intizomiy jazo qo‘llanilgan taqdirda uning ustidan Mehnat kodeksi 260-moddasiga asosan o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli.

Mehnat munosabatlariga oid nizolar fuqarolik sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Nojo‘ya xatti-harakat qanday vaziyatda yuzaga kelganligi hamda intizomiy jazoni qo‘llashning yuqorida keltirilgan tartibiga rioya qilinganligini inobatga olib intizomiy jazo chorasi bekor qilinishi ham mumkin.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, mehnat qonunchiligida intizomiy jazo qo‘llashning xodim va rahbar uchun belgilab qo‘yilgan qat’iy qoidalari bo‘lib, mehnat munosabatlari ishtirokchilari ushbu qoidalarga amal qilishlari kerak.

F. Bozorqulov, huquqshunos


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!