$
12654.13 UZS
67.72
161.18 UZS
0.76
14817.99 UZS
59.17
35° Kechasi 21°

Ish faoliyatida necha yoshdagi insonlarning muvaffaqiyatga erishishlari osonroq?

21:14 / 29.10.2022

Bugungi kunda 30-35 yoshgacha yirik kasbiy natijalarga erishmagan boʻlsangiz, endi urinish behuda ekaniga ishonishadi. Bu borada, ayniqsa, ayollarga qiyin, ular ish va oila oʻrtasidagi muvozanatni saqlash uchun ikki baravar koʻproq harakat qilishlari kerak. Keling, qaysi yoshda yorqin karyera qurish imkoniyati koʻproq boʻlishi mumkinligini aniqlaylik.

Koʻpchiligimiz muvaffaqiyatli karyera, oʻqish, shaxsiy hayot, sport va sevimli mashgʻulotlarni qanday moslashtirish haqida oʻylaymiz. Muvaffaqiyat mezonlari haqida gapirganda, “Synergy Woman Forum” spikeri, psixologiya fanlari doktori, Skolkovo biznes maktabining oʻqituvchisi Viktoriya Shimanskaya taʼkidlaydi: “Hayotimizning har bir bosqichida bizda muvaffaqiyat toʻgʻrisida oʻz fikrimiz boʻladi, shuning uchun har qanday yoshda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. Rivojlanish uchun ikki yil, uch, besh yil kerak boʻlishi mumkin, ammo bu muhim emas, balki toʻgʻri yoʻnalishda ketish – eng muhimi. Inson oʻziga nisbatan halol boʻlsa, u sevgan ishini qiladi, natijada bir necha baravar tezroq yuksaladi. Asosiysi, karyeraviy yutuqlar – soʻnggi nuqta emas, balki yoʻl ekanini anglash. Ushbu yoʻlning har bir qismida harakat baxt va zavq olib kelsa, haqiqiy muvaffaqiyat haqida gapirishimiz mumkin”. 35 yoshdan keyin muvaffaqiyatli karyera qurish imkonsiz, degan gap qanchalik toʻgʻri ekanini aniqlashga harakat qilaylik. Shaxsning kasbiy yoʻlini shartli ravishda bir necha bosqichlarga boʻlish mumkin.

20 yoshgacha

20 yoshgacha davr – oʻqish va amaliyot uchun eng samarali hisoblanadi. Bu davrda inson oilasiga ogʻirlik qilmaydi, hamma narsa uchun ochiq va yutuqlarga intilishga tayyor boʻladi. Bugun diplom bilan hech kimni ajablantirolmaysiz, shuning uchun kasbiy yoʻl boshida kamida biron bir amaliy tajribaga ega boʻlish juda muhim. Kadrlar boʻlimi mutaxassislarining aksariyati universitetda oʻqishni tugatmasdan, hech boʻlmaganda amaliyotchi sifatida yirik xalqaro kompaniyada ishlashga harakat qilishni maslahat berishadi.

20 yoshdan 30 yoshgacha

Bu yosh – oʻz tajribasidan eng yaxshisini bera oladigan ustozni topish uchun eng yaxshi davr. Hayotning ushbu davrida nafaqat rasmiy boʻysunishga, balki haqiqiy oʻqituvchini topishga erishgan boʻlsangiz, oʻzingizni juda omadli deb hisoblang. Bunday kasbiy murabbiy sizga eng muhim narsalarni olishga, keyin esa ushbu koʻnikmalarni mustaqil amaliyotda qoʻllashga imkon beradi. Ushbu oʻn yillik ichida oddiy xodimdan oʻz biznesining egasiga qadar juda uzoq yoʻlni bosib oʻtishingiz mumkin. Tajribasizlik tufayli biznes muvaffaqiyatli boʻlishi fakt emas, lekin bu yosh shu qadar ajoyibki, unda muvaffaqiyatsizliklardan tezda xalos boʻlishingiz va harakatni davom ettirishingiz mumkin.

30 yoshdan 40 yoshgacha

Muayyan maqomga ega boʻlish va mutaxassis sifatida boshqalarda taassurot shakllantirish uchun eng yaxshi vaqt. Karyeraning bu davridagi eng muhim narsa – atrofingizda yuqori sifatli maʼlumot maydonini yaratishdir.

40 yosh va undan keyin

40 yoshga kelib, inson karyerasidagi eng qiziqarli davrlardan biri boshlanadi. Ajoyib jihati shundaki, mohiyatan, barcha eshiklar oldingizda ochiq. Bu yoshga kelib yetarlicha tajriba toʻplanib qoladi va oilaviy majburiyatlarning soni kamayadi. Bunday holatda tanlagan yoʻnalishingizda rivojlanishni davom ettirishingiz yoki, hatto, rejalashtirilmagan boshqa yoʻl ochishingiz mumkin. Qirq yoshdan keyin odamlar mutlaqo yangi narsalarni qilishni boshlaganlari haqida koʻplab misollar mavjud. Masalan, bir kishi butun umri davomida huquqshunoslik sohasida ishlagan va keyinchalik professional yoga murabbiyi boʻlishga qaror qilgan.

Bu amaliyot, ayniqsa, Gʻarbda keng tarqalgan, chunki odamlar mutaassiblikdan yiroqroq. Albatta, kasbni tubdan oʻzgartirish bilan xatarlar yuzaga kelishi mumkin, ammo boshqa tomondan qarasak, nima uchun chekinish kerak? Axir 40 yoshga kelib sizda tajriba, moliyaviy yostiqcha va nisbiy erkinlik bor, demak bu – uzoq yillik orzularni roʻyobga chiqarish uchun eng qulay vaqt. Agar oldingi sohangizda qolishni afzal koʻrsangiz, murabbiylik qilish uchun eng yaxshi davr. Toʻplangan bilimlarni kam tajribali hamkasblarga uzatsangiz, kasbingizning tobora koʻproq yangi qirralarini kashf etasiz, chunki boshqalarga taʼlim berish oʻzingizning bilim olishga boʻlgan xohishingizni keltirib chiqaradi.

 


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining na…
17:50 / 27.06.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.
10:39 / 28.06.2025
29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
15:05 / 28.06.2025
Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
16:31 / 26.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi “Benfika” — “Chelsi” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqar…
09:30 / 29.06.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari…
09:16 / 28.06.2025
“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

2025-yil 22-iyun kuni shahar tashqarisida joylashgan Green Hills Resort kompleksi Kia Sonet egalari uchun haqiqiy tortishish…
14:30 / 26.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!