$
11806.97 UZS
-18.43
₽
139.86 UZS
-0.48
€
13430.43 UZS
-52.89
31° Kechasi 18°

Ishga joylashish bo‘yicha suhbatda aytish tavsiya etilmaydigan 7 jumla

19:11 / 20.05.2022

Suhbat ishga joylashishdagi eng muhim jarayon hisoblanadi. Hattoki, testlardan muvaffaqiyat bilan o‘tadigan tajribali ish qidiruvchilar ham intervyudan “yiqilishlari” mumkin. Bunday holatlardan qochish uchun rekruter (ma’lum bir lavozimlarga nomzodlarni izlaydigan mutaxassis) bilan suhbatda nafaqat tashqi ko‘rinish, balki, nutqingizga ham e’tibor berishingiz kerak. Intervyudan omadli o‘tib, ishga qabul qilinishingiz uchun qanday jumla va savollar ishlatmaslik haqida esa, quyida o‘qing.

1.  “Kompaniyangiz nima bilan shug‘ullanadi?”

Har bir ish qidiruvchi yodda saqlashi kerak bo‘lgan narsalardan biri bu – joylashmoqchi bo‘lgan joyi haqidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlash kerakligidir. Suhbat o‘tkazadigan menejer siz bilan intervyuni o‘tkazish uchun rezyumengiz bilan tanishib chiqqan, siz bilan bog‘langan va qulay vaqtni belgilagan. Siz ham uchrashuvga tayyorlanishingiz ikkala tomon uchun ham adolatli bo‘ladi. Shuningdek, bu harakatingiz bilan ish beruvchilarga ularga bildirgan qiziqishingiz va mustaqil harakatlana olishingiz mumkinligini tushuntirgan bo‘lasiz. Shu sababli ham, suhbatdan omadli o‘tish uchun avvaldan berilishi kerak bo‘lgan, o‘zingiz qiziqqan savollarni tayyorlab borish muhim hisoblanadi.

2.  “Eski boshlig‘im bilan kelisha olmas edim”

Suhbat davomida ish beruvchi avvalgi ish joyingizdan nega bo‘shaganingiz sababi bilan qiziqib qolishi mumkin. Bunday holatlarda, avvalo, hatto eski boshlig‘ingiz bilan yaxshi kelishmagan bo‘lsangiz-da, u haqida salbiy fikrlar bildirmaslik va shaxsiyatiga o‘tmaslik muhim hisoblanadi. Ular haqidagi shaxsiy salbiy fikringizni bildirgan holingizda, o‘zingiz haqingizdagi yaxshi taassurotni buzib qo‘yishingiz mumkin.

3.  “Perfeksionist va mehnatkashman”

“Juda mehnatkash va perfeksionistman” jumlasi siz yaxshi xodim ekanligingizni bildirmaydi. Aksincha, bu “men zaif tomonlarimni tan ololmayman va menda surunkali xavotir mavjud” deganidir. Unutmangki, ortiqcha mehnatkashlik va perfeksionizm ishingizni to‘g‘ri hamda yaxshi bajarishingizda xalaqit beradi. Shuningdek, bu sifatlar sizda bor ekanligi kareraviy o‘sishga tez erishasiz degani emas.

Agar sizdan salbiy sifatlaringiz haqida so‘rashsa, nafaqat kamchiliklaringiz haqida, balki ular bilan qanday kurashishingiz yoki topgan yechimlaringiz haqida gapirib berishingiz mumkin.

4.  “Ish ta’tiliga qachon chiqsam bo‘ladi?”

Ish ta’tillari tizimi qanday tuzilganligi bilan qiziqishning hech qanday yomon tomoni yo‘q, albatta. Ammo bu savolni iloji boricha boshqa shaklda bergan yaxshiroq. Masalan, ish ta’tili tizimi qanday tuzilganligi va jarayon qanday boshqarilishi haqida so‘rashingiz mumkin. Ammo unutmagan yaxshiki, kompaniya vakili yaqin oradagi ta’tilingiz haqidagi savollarni hali ishga kirishmasdan turib, dam olish haqida orzu qilayotganingizdek tushunishi mumkin.

5.  “Bu ish menga juda kerak!”

Bu va bunga o‘xshash jumlalar adolasiz ish beruvchilar uchun ohangrabodek tuyilishi mumkin. Ular sizni ushbu ishga muhtoj deb tushunib, kam oylik evaziga ortiqcha vaqt soati bilan ishlatmoqchi bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, bu jumla haqiqiy mutaxassislarni izlayotganlarni hushyor torttirishi ham ehtimoldan holi emas.

6.  “Istalgan ishni bajara olaman”

Istalgan ishni qila olishingizni aytgan holda, siz ish beruvchiga juda yomon ahvolda ekanligingizni bildirgan bo‘lasiz. Shu bilan birga, haq to‘lanadigan har qanday ishga tayyor ekanligingiz oldingizga qo‘yilgan barcha masalalarni hal qila olasiz degani emas.
Qiyin vaziyatda turganingizni tushuntirish o‘rniga, ish tajribangiz va avvalgi ishingizdan o‘zlashtirgan ko‘nikmalaringiz haqida gapirib bering.

7. “Hech qanday savollarim yo‘q”

Hattoki sizda hech qanday savol bo‘lmasa-da, mutaxassisligingiz yuzasizdan bir nechta savollar berishga tayyorlaning. Bu bilan siz ishga haqiqatan qiziqqaningiz va ishlash tizimini o‘rganishini xohlayotganingizni bildirasiz. Shuningdek, haddan ortiq ko‘p savollar berish ham yaramaydi. Masalan, sizga taklif qilinayotgan lavozimga yana qancha variantlar bor ekanligi yoki ofis oshxonasida kofemashina bor-yo‘qligini so‘rash noo‘rin hisoblanadi.


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Prezident shaxmatchilarning Olimpiadadagi hal qiluvchi partiyalarini esladi

Prezident shaxmatchilarning Olimpiadadagi hal qiluvchi partiyalarini esladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi hal qiluvc…
16:47 / 29.09.2026
Prezident shaxmatchilarni Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident shaxmatchilarni Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari b…
16:37 / 29.09.2026
Andijonda yuk mashinasi svetoforda turgan 5 ta avtomobilni urib yubordi

Andijonda yuk mashinasi svetoforda turgan 5 ta avtomobilni urib yubordi

Andijon tumanida tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab yuk mashinasi svetoforda to‘xtab turgan beshta avtomobil bilan to‘q…
10:41 / 28.09.2026
Saida Mirziyoyeva Abu-Dabidagi xalqaro kongressda nutq so‘zladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabidagi xalqaro kongressda nutq so‘zladi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yic…
16:23 / 28.09.2026
E’zoza Karimova Namangandagi fojia yuz bergan bog‘chani shaxsan nazoratga oldi

E’zoza Karimova Namangandagi fojia yuz bergan bog‘chani shaxsan nazoratga oldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 5 yoshli qizaloqqa nisbatan zo…
14:53 / 29.09.2026
Jizzaxda tosh davriga oid yangi makonlar va 30 ga yaqin petroglif topildi

Jizzaxda tosh davriga oid yangi makonlar va 30 ga yaqin petroglif topildi

Jizzax viloyatining Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida olib borilgan arxeologik qidiruvlar davomida tosh davriga oid yangi…
16:45 / 28.09.2026
2031-yilda xalqaro kongress O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2031-yilda xalqaro kongress O‘zbekistonda o‘tkaziladi

O‘zbekiston 2031-yilda Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha navbatdagi kongressga mezbonlik qiladi.…
14:32 / 28.09.2026
Ayrim shifoxonalarda asossiz undirilgan 125 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qaytariladi

Ayrim shifoxonalarda asossiz undirilgan 125 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qaytariladi

Namangan, Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida fuqarolardan asossiz ravishda 125 mln so‘mdan ortiq ma…
12:16 / 29.09.2026
Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi 47 foizga oshadi

Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi 47 foizga oshadi

2026-yil 1-oktyabrdan Toshkent shahrida avtobus va metroda elektron to‘lov orqali bir martalik yo‘l haqi 1 700 so‘mdan 2 500…
10:33 / 28.09.2026
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilinmoqda

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyiha…
14:37 / 29.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!