Oʻrta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman Leon Edvardsga qarshi jang qilgandan soʻng chechenistonlik shved jangchisi Hamzat Chimayevga qarshi oktagonga chiqishga tayyorligini maʼlum qildi.
“Chimayev jangga chiqdi va reytingda ikkinchi oʻrinni egallagan yigitni magʻlub etdi.
Shu bois, Chimayevga “yoʻq” deyishim qiyin, albatta. U oʻz zimmasiga olgan ishni qildi, agar jang qilishimiz kerak boʻlsa, men tayyorman.
Ammo hozir diqqat eʼtiborimiz Leon Edvards bilan jangga qaratilgan”, – dedi nigeriyalik sportchi.
Eslatib oʻtish mumkin, Chimayev va Byorns oʻrtasidagi jang UFC 273 turnirida boʻlib oʻtgan edi.
Qarama-qarshilik uch raund ham davom etgan, shundan soʻng hakamlar bir ovozdan Hamzatga gʻalabani taqdim etishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!