Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi va u bilan global va mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha fikr almashdi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Rossiya federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Pxenyanga tashrifi chog'ida Koreya Xalq demokratik Respublikasi Davlat ishlari raisi Kim Chen In tomonidan qabul qilindi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Shoygu va Kim Chen In global va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha fikr almashishgan.
Bundan tashqari, bugun, 27-iyul kuni Rossiya mudofaa vazirligi rahbari Koreya xalqining 1950-1953-yillardagi Vatan ozodlik urushidagi g‘alabasining 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda ishtirok etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!