Vladimir Putin Rossiya “Shimoliy oqim” yoʻnalishidagi boʻsh oqimlarni Yevropaga yoʻnaltirish uchun Turkiyaga koʻproq suv osti tabiiy gaz quvurlarini qurish imkoniyatini koʻrib chiqayotganligini aytdi.
“Biz Qora dengizga Boltiq dengizi orqali oʻtadigan “Shimoliy oqim”ning yoʻqolgan gazlarini oʻtkazishimiz mumkin”, - dedi Putin.
Qora dengiz Rossiyaning Yevropaga gaz eksport qiladigan asosiy yo‘li sifatoda xizmat qilishi mumkin.
Keltirilishicha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari keskin yomonlashgani sababli Kreml Turkiya bilan aloqalarini mustahkamlamoqchi.
Hozirda Rossiya gazining Yevropa Ittifoqiga eksporti oldingi darajadan kichikroq boʻlib, vaziyat Boltiq dengizi ostidan Germaniyaga oʻtuvchi “Shimoliy oqim” asosiy quvur tizimidagi uzilishlar tufayli yomonlashgan.
Agar yaqin siyosiy va iqtisodiy hamkori Anqara manfaatdor bo‘lsa, Turkiya bilan qo‘shimcha aloqalar o‘rnatilishi mumkin, dedi Qozog'istonda turkiyalik hamkasbi bilan uchrashgan Putin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!