“MGM” kinostudiyasi "Krid-3" filmi taqdimotini keyingi yilga qoldirdi. Film 2022-yilning noyabr oyida ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan edi.
Kartinaning yangi taqdimoti 2023-yil 3-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Rokki rolini ijro etgan Silvestr Stallone “Krid-2” filmi chiqqanidan so‘ng uchinchi qismda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi.
“Krid” filmi ilk bor 2015-yilda, “Rokki” franshizasini qayta tiklagan rejissyor Rayan Kugler tomonidan suratga olingan. 2018-yilda rejissyor Stiven Keyl “Krid-2” filmini yaratdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!