$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

Kun tarixi: 15-aprel – “Titanik” kemasi halokatiga 110 yil boʻldi

16:23 / 15.04.2022

Bundan roppa-rosa 110 yil avval “Titanik” kemasi halokatga uchragan edi. Ushbu hodisa tarixdagi eng yirik fojialardan biriga aylandi va minglab odamlarning oʻlimiga sabab boʻldi. Bugun mashhur kema haqidagi koʻpchilik bilmagan maʼlumotlarni siz bilan boʻlishamiz.

– “Titanik” qurilgan vaqtda dunyodagi eng katta kema edi. Uning qurilish ishlari uchun 26 oy vaqt sarf etilgan va 1911-yilda tayyor holatga keltirilgan. Kemaning umumiy ogʻirligi 26 ming tonnani tashkil qilardi. Asosiy langarning ogʻirligi esa 16 tonnaga teng boʻlgan.

– Laynerning uzunligi 269 metr, eni esa 28 metrdan oshgan. Bu koʻrsatkich 11 qavatli bino balandiligiga teng kelardi. Uning bunchalar baland va katta qilib qurilishiga “White Star Line” va “Cunard Line” kompaniyalari rahbarlari orasidagi oʻzaro raqobat sabab boʻlgan.

– “Titanik” kemasining suv sigʻimi 46 300 tonnani tashkil qilardi. Muhandislar laynerning suvda choʻkmasligiga qattiq ishonishardi. Kemaning pastki qismi ikki qavatli qoplamaga ega boʻlib, 16 ta suv oʻtkazmaydigan toʻsiq bilan jihozlangandi. Ammo, ular aysbergning qanchalar kuchli zarba bera olishi mumkinligini avvaldan bilishmagan.

– Layner halokatga uchragan vaqtda kema bortida oʻsha davrning mashhur odamlari ham boʻlgan. Ulardan biri millioner Margaret Braun edi. U 5 ta tilda soʻzlasha olardi. Kema aysbergga urilgandan soʻng Braun xonim odamlarni qayiqlarga joylashtirishda faol ishtirok etgan, oʻzi esa kemani tark etishga shoshilmagan. Oxir-oqibatda uni kuch bilan qutqaruv qayiqlaridan biriga oʻtkazib qoʻyishgan. Ochiq dengizda “Karpatiya” kemasiga yetib olgan Margaret shu zahotiyoq jabrlanganlar uchun issiq choyshablar, oziq-ovqat izlashga tushib kelgan, omon qolganlarning roʻyxatini tuzib chiqqan.

– “Titanik”ning yana bir yoʻlovchisi – tadbirkor Benjamin Gugenxaym turmush oʻrtogʻini qutqaruv qayigʻiga chiqarib, uni tez orada uchrashishlariga ishontirgan. Aslida Gugenxaym ushbu halokatdan qochib qutulishi imkonsiz ekanligini yaxshi bilardi. U kema xodimlari bilan birga kayutaga qaytgan, frak kiyib olgan va markaziy xolldagi stol yoniga oʻtirib, xotirjam holatda viski ichishni boshlagan. Yoʻlovchilardan biri unga halokatdan qutulishga harakat qilib koʻrish haqida aytgan. Gugenxaym esa unga qarata shunday degan: “Jentelmenlar kabi kiyinganmiz va jentelmenlar kabi halok boʻlishga tayyormiz”.

– YUNESKO tashkiloti “Titanik” kemasi qoldiqlarini madaniy meroslar roʻyxatiga kiritgan. Endilikda tashkilot kema qoldiqlarining dayverlar tomonidan oʻgʻirlanmasligini qatʼiy nazorat qiladi.

– 1997-yilda rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan “Titanik” filmi jahon kinoprokatidan 1,8 milliard AQSh dollari miqdorida foyda koʻrdi. Ushbu rekordni oradan 12 yil oʻtib “Avatar” filmi yangilay oldi, xolos.

– “Titanik” halokatiga sabab boʻlgan qora aysbergning surati oradan 90 yil oʻtib topilgan. Halokatdan koʻp oʻtmay, Stefan Regorek ismli erkak boshqa bir laynerda suzib keta turib halokat joyi va aysbergni suratga olgan. Oʻtkazilgan ekspertiza jarayonidan keyin aysberg yuzasidagi oʻyiqlar uning “Titanik” bilan toʻqnashuvi natijasida paydo boʻlgani aniqlangan. Bundan kelib chiqadiki, ushbu toʻqnashuvdan aysberg ham zarar koʻrgan.

– Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan filmning bosh qahramoni – Jek Douson hayotda ham boʻlgan. Jek Douson kemada qoʻrachi boʻlib ishlagan. U doʻstining singlisiga oshiq boʻlgan. Jek Dousonni aynan mana shu doʻsti dengizchi boʻlishga koʻndirgan. Ularning har ikkisi ham kema aysbergga urilgan vaqtda halok boʻlganlar.

– “Titanik” halokatidan omon qolgan oxirgi yoʻlovchi 2009-yilda 97 yoshida vafot etgan. Halokat vaqtida u bor-yoʻgʻi 2,5 oylik boʻlgan.

 


Qiziqarli


														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

														
														Qo‘shni davlatda 85 mln yillik dinozavr qoldiqlari topildi

Qo‘shni davlatda 85 mln yillik dinozavr qoldiqlari topildi

Tojikistonning So‘g‘d viloyati Kansay qishlog‘ida dinozavrlarning boy majmuasi, terizinozavrlar qoldiqlari topildi.
10:00 / 13.11.2024

														
														Marsda qadimiy okean izlari topildi

Marsda qadimiy okean izlari topildi

Xitoylik planetologlar “Chjunjun” marsoxodi Mars sayyorasida taxminan 3,5 milliard yil oldin ulkan okean bo‘lganini tasdiqlo…
09:54 / 11.11.2024

														
														Amir Temur hayoti haqida eski qo‘lyozma topildi

Amir Temur hayoti haqida eski qo‘lyozma topildi

Bu haqda Tojikiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Badriddin Maqsudov ma’lum qildi. Qo‘lyozma To…
12:25 / 10.11.2024

														
														132 yil oldin yozilgan maktub topildi

132 yil oldin yozilgan maktub topildi

BBC nashrining xabar berishicha, Shotlandiya janubidagi Korsvoll mayog‘i devorlari ostidan ichida 132 yil avval yozilgan mak…
12:20 / 10.11.2024

														
														Hyundai yangi texnologik tankni taqdim etdi

Hyundai yangi texnologik tankni taqdim etdi

Hyundai kompaniyasi yaqinda vodorod dvigateliga ega bo‘lgan, dron va avtopilot funksiyasi bilan jihozlangan yangi turdagi “H…
09:29 / 06.11.2024

														
														Velosiped haydayotganda telefondan foydalangan shaxslar endi qamaladi

Velosiped haydayotganda telefondan foydalangan shaxslar endi qamaladi

BBCning ma’lumotiga ko‘ra, endi Yaponiyada velosiped haydab ketayotib, mobil telefondan foydalangan fuqarolar olti oygacha q…
16:44 / 04.11.2024

Bu ham qiziq

Tramp moliya vaziri lavozimiga milliarder Skott Bessent nomzodini taklif qildi

Tramp moliya vaziri lavozimiga milliarder Skott Bessent nomzodini taklif qildi

Bu haqda Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
08:29 / 23.11.2024
Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning ballistik raketa bilan hujumiga munosabat bildirdi.
10:55 / 22.11.2024
Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Muqaddam bir necha bor sudlangan bu ikki shaxs oldidan kuchli ta’sir qiluvchi doriga o‘xshash moddalar topilgan.
11:37 / 22.11.2024
22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 21.11.2024
Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
21:39 / 21.11.2024
Tramp Ukrainaga yordam ko‘rsatishga majburmi?

Tramp Ukrainaga yordam ko‘rsatishga majburmi?

“AQSh Kongressi Kiyevga yordam berish to‘g‘risidagi qonunni o‘zgartirishga harakat qilmoqda, shundan so‘ng Tramp lavozimga k…
12:41 / 23.11.2024
Zumerlar aslida kim?

Zumerlar aslida kim?

Bugungi axborot davrida ko‘plab yangidan yangi atamalar paydo bo‘lmoqda yoki eski atamalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanis…
10:31 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024
Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Bu haqda prezident o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
10:01 / 22.11.2024
Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

2017-2019-yillarda metroda 36 ta poyezd ishlagan. 2024-yil holatiga ko‘ra ularning soni 65 taga yetdi.
20:04 / 22.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!