2022-yilgi Jahon chempionatiga tashrif buyuruvchilar ish sharoitidan shikoyat qilishdi.
Hindistonlik 212 kassir (205 erkak va 7 ayol) musobaqaning ochilish marosimi oldidan 6 soat davomida ovqat va suvsiz qoldi, deb xabar beradi Daily Mail.
Xodimlarga koʻra, ular turar joydan ertalab soat 9 da olib ketilgan va soat 10:00 da “Al-Bayt” stadioniga tushirilgan, biroq soat 16:00 gacha arenaga kiritilmagan. Kassirlarga menejer kelishini kutish kerakligi aytilgan, ammo suv va yegulik berilmagan.
Xuddi shunday hodisa 20 filippinlik sotuvchi bilan ham yuz bergan, ular stadion tashqarisida uch soat davomida ovqat va suvsiz qolib ketishgan.
Barcha xodimlar Qatar Star Services bilan kunlik ish uchun bir oylik shartnoma imzolagan boʻlib, Unga koʻra, ular bepul turar joy va kuniga bir mahal ovqat bilan taʼminlanishi kerak.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!