$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelgan Adliya va FVB boshliqlariga 1 yil 6 oy muddatida uy qamoq jazosi berildi

14:51 / 01.04.2023

O‘zbekiston viloyatlarining biridagi oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagani aytilmoqda. Bu haqda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi “Nemolchi.uz” loyihasi ma’lum qildi.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, gap Xorazm viloyatida joylashgan Mehribonlik uyi haqida ketmoqda. Uning mudirasi va ikki idora boshliqlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqqan sud majlisi 2022-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan.

Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, Mehribonlik uyi mudirasi g‘amxo‘rligi ostida bo‘lgan uch qizni tanlab olib, 10 oy davomida (2021-yil maydan 2022-yil fevralga qadar) “moddiy manfaat uchun ularni turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan”.

“Masalan, 2021-yilning mayida mudira hali 16 yoshga to‘lmagan R.ni tanishlaridan biri bilan yotishga majburlagan. Qiz buni istamasdan, qarshilik ko‘rsatgan, shunda mudira oshxonadan o‘qlovni olib kelib, qizning voyaga yetmagan ukasini boshqalar ko‘z-o‘ngida kaltaklay boshlagan. Qizning irodasini sindirgan ayol keyinchalik uni o‘zi buyurgan barcha erkaklar bilan yotishga majburlagan”, – deb yozadi “Nemolchu.uz”.

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i mudiraning muammolarini hal qilishda o‘z vakolatlarini ishga solishga va’da berib, 2021-yil aprel oyida unga xayriya sifatida printer sovg‘a qilgan (qurilma viloyat adliya boshqarmasi balansida bo‘lgan, ishlatilgan, keyinchalik yaroqsiz holga kelgan).

“Bunday “xayriya”dan bir necha hafta o‘tgach, erkak mehribonlik uyi rahbaridan unga jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiz berishni talab qildi. Shunda mudira 17 yoshli yetim qiz R.ni tanladi va uni och qoldirib, boshqa bolalardan ajratib, tashqariga chiqishini taqiqlab qo‘ydi, keyin viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i unga 250 ming so‘mlik sport oyoq kiyimi olib bergani uchun u bilan jinsiy aloqa qilishga majbur ekanini aytdi. Erkak qiz bilan qabih ishlari uchun adliya boshqarmasi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi xodimlariga xizmat uyi sifatida ajratilgan xonadondan foydalangan”, – deyiladi loyiha materialida.

Oradan bir oy o‘tib, 2021-yil iyun oyida u yana mudiradan qiz talab qilib, 15 yoshli A. bilan ham shu xonadonda birga bo‘lgan.

“Voqealar qayta-qayta takrorlanadi… Darhaqiqat, o‘n oy davomida viloyat adliya boshqarmasining xizmat xonadonidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i va voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida jinsiy aloqa maydoni sifatida foydalanilgan”, – deb yozadi Nemolchi.uz.

Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tuman bo‘limi boshlig‘i ham mehribonlik uyi rahbariga uning muammolarini hal qilishda yordam berishini aytgan. May oyi boshida homiylik sifatida bolalar uchun divan, shkaf, oshxona stoli sovg‘a qilgan va bolalarga turli shirinliklar olib kelgan.

“Buning evaziga 2021-yil iyun oyi boshida u ham jinsiy aloqa qilish uchun qiz talab qilib, mehribonlik uyi yotoqxonasida yuqorida tilga olingan 17 yoshli yetim R. bilan yotib chiqadi. Iyun oyining oxirida u mehribonlik uyi rahbariga 200 ming so‘m berib, yana shu qiz bilan yotadi. Keyin esa mehribonlik uyiga oziq-ovqat va ichimliklar olib keladi va buning evaziga 15 yoshli A.ni jinsiy aloqa qilishga majburlaydi. Qizlar u bilan bir necha bor jinsiy aloqa qilishga majbur bo‘lishdi va uchrashuvlar bolalar uyining o‘zida ham, boshqa joylarda ham bo‘lib o‘tdi”, – deyiladi loyiha materialida.

Nemolchi.uz voyaga yetmaganlar qaram holatda bo‘lgani va shu bois jinsiy aloqaga o‘z ixtiyori bilan va ongli ravishda rozilik bera olmasligini qayd etdi.

Ma’lum qilinishicha, sud jarayonida barcha ayblanuvchilar “qizlar buni o‘z ixtiyori bilan qilgani, ularni hech kim majburlamaganini” aytgan.

Sentyabr oyida birinchi instansiya sudi mehribonlik uyi rahbarini Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (18 yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi), 167-moddasi 2-qismi “g” bandi (Mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismi (Mansab soxtakorligi) bo‘yicha 5 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilgan.

Adliya boshqarmasi boshlig‘i va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tuman boshqarma boshlig‘i Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (Shaxsning 16 yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish) va Jinoyat kodeksining 128−1-moddasi (16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish)ning eski tahririda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Ularning har ikkisiga 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu vaqt davomida ularga 22:00 dan 06:00 gacha uydan chiqish, shuningdek, probasiya organlarini ogohlantirmasdan yashash joyini o‘zgartirishlari va yashash tumani chegaralarini tark etish taqiqlanadi.

2022-yilning dekabr oyida apellatsiya instansiyasi sudi sud qarorini o‘zgartirishsiz qoldirgan.

“Yuqorida tasvirlangan holatda ularga nisbatan yetarli jazomi? Afsuski, hatto idoralar xodimlari orasida ham o‘zlari buzuq bo‘lgan voyaga yetmagan qizlar borligiga ishonadiganlari bor, qizlar erkaklarga osilib, jinsiy aloqa qilishni xohlasharmish. Hech kim sabablar haqida o‘ylashni xohlamaydi. Mamlakatimizda rozilik yoshi 16 yoshdan boshlanishini hamma unutgan ko‘rinadi. Bu shuni anglatadiki, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan har qanday jinsiy aloqa nomusga tegish deb hisoblanishi kerak”, – deydi Nemolchi.uz.

Oliy sud sayti xabariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining ko‘rsatilgan moddalari bilan ish 2022-yil sentyabr oyi boshida Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tumani sudi sudyasi Dilmurod Otamuratov tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ish bo‘yicha ayblanuvchilar mehribonlik uyi rahbari Yulduz Xudaybergenova, Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi sobiq boshlig‘i Anvar Kuryazov va adliya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Oybek Masharipovlar bo‘lgan.

Jinoyat kodeksining aybdorlarga qo‘llangan moddalari:

  • Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

  • Jinoyat kodeksining 128−1-moddasi (16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

  • Jinoyat kodeksi 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (18 yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

  • Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi (Mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

  • Jinoyat kodeksining 209-moddasi 1-qismi (Mansab soxtakorligi) BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bu ham qiziq

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026
Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina 2026-yil 27-oktyabr kuni Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida gumanitar oper…
09:57 / 27.10.2026
“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026
Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkent şahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etilişi re…
10:33 / 27.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!