Prezident Şavkat Mirziyoyev Italiyada işlaş uçun tayyorlanayotgan özbekistonlik hamşiralar bilan uçraşdi. Ular kelasi yil yanvar oyidan boşlab Milan şahridagi şifoxonalarda faoliyatini boşlaydi.
Davlat rahbari bugungi kunda dunyoda, ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida hamşiralarga talab yuqori ekanini ta’kidladi. U yoşlarni vaqtni boy bermasdan, xorijiy tillar va kasb-hunarlarni puxta örganişga çaqirdi.
“Bir kun ham vaqtlaring bekorga ötmasin. Şiddat bilan ötayotgan zamonda faqat bir narsa qutqaradi — mehnatimiz bilan hurmat qilişga majbur qiliş”, — dedi Prezident.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev hamşiralarga xorijda işlaş va malaka oşiriş bilan birga, Özbekistonning madaniyati, urf-odatlari va tarixini ham tanitiş muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!