Özbekistonda kelasi yili 10 ming nafar fuqaroni kasb va nemis tiliga öqitib, Germaniyada işga joylaştiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişida ma’lum qilindi.
Yiğilişda viloyat hokimlarining birinçi örinbosarlariga «Intil» xalqaro öquv markazi tajribasini örganiş va kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini taşkil etiş topşirildi. Uşbu maqsadlar uçun har bir viloyatga 8 milliard sömdan mablağ ajratiladi.
Davlat rahbari nemis tilini örgatişda ingliz tili böyiça qöllanilayotgan yondaşuvni joriy etiş zarurligini ta’kidladi.
«Yoşlarga ingliz tilini qanday örgatayotgan bölsak, nemis tili böyiça ham şunday yondaşuv kerak», — dedi Prezident.
Şu maqsadda kelasi yili maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars beriş uçun 500 nafar til egasini jalb qiliş rejalaştirilgan. Şuningdek, oliy ta’lim muassasalarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasi kelasi öquv yilidan ikki baravar oşiriladi.
Yiğilişda Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari Özbekiston texnikumlarida öz ehtiyojlari uçun mutaxassis tayyorlaşga qiziqiş bildirayotgani qayd etildi. Xorijiy kompaniyalar öquv dasturlarini işlab çiqiş va ta’lim muassasalarini zarur jihozlar bilan ta’minlaşga sarmoya kiritişga tayyor.
Prezident bir oy muddatda 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijiy iş beruvçilar talablariga muvofiq kadr tayyorlaşga moslaştiriş topşiriğini berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!