30-oktyabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bağişlangan xalqaro forum bölib ötdi. Tadbir yakunida Özbekistonning Vaşington ştatidagi Boş konsulxonasi va Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi (WDTA) örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Forum Boş konsulxona, Amerika–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi, IT Park Uzbekistan hamda WDTA tomonidan taşkil etildi. Unda texnologiya sohasi, universitetlar, investitsiya hamjamiyati va davlat idoralarining qariyb 60 nafar vakili qatnaşdi. Iştirokçilar orasida Microsoft va Meta mutaxassislari, Garvard, Vaşington va Şimoli-şarq universitetlari hamda Sietl ma’muriyati vakillari ham böldi. Tadbir «Seattle AI Week» doirasida ötkazildi.
Forumda Özbekiston va AQŞ örtasidagi texnologik hamkorlikni kengaytiriş, sun’iy intellekt böyiça mutaxassislar tayyorlaş, startaplarni rivojlantiriş, investitsiyalar jalb qiliş va amaliy SI yeçimlarini joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatçisi, Amerika–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi Kotibiyati rahbari Nozima Davletova mamlakatning raqamli rivojlaniş böyiça ustuvor yönalişlarini taqdim etdi. Boş konsul Ahror Burxonov esa Özbekistonning AQŞning Tinç okeani şimoli-ğarbiy mintaqasi bilan hamkorligini rivojlantiriş imkoniyatlariga töxtaldi.
IT Park Uzbekistan vakili Ruslan Yapparov milliy IT ekotizimini rivojlantiriş, yoşlarni yetakçi SI kompaniyalari iştirokida öqitiş, hisoblaş infratuzilmasini kengaytiriş va özbek startaplarini xorijiy bozorlarga olib çiqiş masalalarini yoritdi.
Muhokamalarda universitetlar qoşidagi inkubatorlarni rivojlantiriş, startaplar uçun mentorlik dasturlarini yölga qöyiş va biznes ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlaş masalalari ham körib çiqildi. Agrotexnologiyalar, suv tejovçi texnologiyalar, til xizmatlari va nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay raqamli yeçimlar ham hamkorlikning istiqbolli yönalişlari sifatida qayd etildi.
Imzolangan memorandum tajriba almaşiş, universitetlar, kompaniyalar va davlat taşkilotlari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş, ta’lim taşabbuslari hamda sinov loyihalarini amalga oşirişni nazarda tutadi. Hujjatda sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalaniş, kiberxavfsizlik va şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!