Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandi ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan erkak umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Sud ma’lumotlariga köra, hodisa joriy yilning 15-may kuni soat 22:30 atrofida sodir bölgan. Ayblanuvçi S.T. jabrlanuvçining Ğuzor tumanidagi xonadoniga borib, u bilan janjallaşgan. Şundan söng u özi bilan olib kelgan beş litrli idişdagi benzinni yopiq xonada bölgan ayol va uning tört nafar farzandi ustiga sepib, ularni yoqib yuborgan.
Körsatilgan tez tibbiy yordam va muolajalar natijasida ayol hamda uning ikki farzandining hayoti saqlab qolingan. Biroq kuyiş oqibatida oilaning 6 yoşli öğli va 11 yoşli qizi vafot etgan.
Sud majlisida jabrlanuvçi ayol ayblanuvçiga nisbatan oliy jazo tayinlanişini söragan. U ikki farzandini yöqotganini ta’kidlab, suddan ayblanuvçiga yengil jazo bermaslikni iltimos qilgan.
Jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudi hukmi bilan S.T. Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi hamda 173-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Sud Jinoyat kodeksining 59-moddasi 4-qismiga asosan tayinlangan jazolarni umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan qoplaş orqali unga umrbod qamoq jazosi tayinlagan.
Şu tariqa, ikki nafar bolaning hayotiga zomin bölgan mazkur jinoyat böyiça sud hukmi çiqarilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!