Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijda yuqori daromadli iş örinlariga ega böliş uçun çet tillarini biladigan yoşlarni kasbga tayyorlaş zarurligini ta’kidladi. Ma’lum qilinişiça, Özbekistonda ingliz tilini puxta örganib, tegişli sertifikat olgan yoşlar soni 200 mingga yaqin.
Davlat rahbariga köra, xorijda işlaş istagidagi til biladigan yoşlarni texnikumlarda talab yuqori bölgan kasblarga öqitib, AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur va Yevropa davlatlaridagi iş örinlariga yönaltiriş mumkin.
Yiğilişda Germaniya misolida mavjud imkoniyatlar va muammolar ham körib çiqildi. Joriy yilning özida Germaniyadan 45 ming nafar mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan, biroq nemis tilini biladigan kadrlar yetişmasligi sababli atigi 2 ming kişi işga joylaşgan.
Şu munosabat bilan Prezident maktablarda nemis tilini öqitişni kuçaytiriş, xorijda işlaşni maqsad qilgan yoşlarni 9–11-sinflardanoq çet tillariga tayyorlaş zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!