$
12754.83 UZS
7.54
137.21 UZS
-0.06
14202.50 UZS
44.08
32° Kechasi 17°

Mirziyoyev shaxmatchilarga tabrik yo‘lladi

10:25 / 24.09.2024

Shavkat Mirziyoyev 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan shaxmatchilarga tabrik yo‘lladi.

“Qadrli farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi o‘rinni egallab, o‘zbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

G‘oyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarbayjon, Sloveniya, Ispaniya kabi manaman degan davlatlarning jamoalarini ortda qoldirganingiz ulkan tahsin va tasannolarga sazovordir.

Sizlarning timsolingizda Yangi O‘zbekiston yoshlari mana shunday aql va tafakkur bellashuvlarida qanday baland marralarni egallashga qodir ekanini ko‘rib, qalblarimiz faxr-iftixor tuyg‘ulariga to‘lmoqda.

Ushbu musobaqada yuksak intellektual salohiyatini namoyish etgan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov kabi o‘g‘lonlarimiz erishgan natijalar biz uchun juda qadrlidir.

Ayniqsa, taxtalar kesimida Shamsiddin Vohidov oltin medalni, Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritib, naqadar katta mahorat egasi ekanlarini yana bir bor isbotlaganlarini alohida ta’kidlash lozim.

Mard va jasur o‘g‘lonlarimiz qatorida Afro‘za Hamdamova, Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Nodira Nodirjonova singari azm-u shijoatli shaxmatchi qizlarimiz ham musobaqalarda munosib ishtirok etib, bor kuch-g‘ayrati va mahorati bilan Vatanimiz sharafini himoya qildilar.

Ular o‘tgan olimpiadada ko‘rsatgan natijalarini yaxshilab, 170 mamlakat o‘rtasida 12-o‘rinni egallaganlari albatta e’tiborga molikdir. Matonatli qizimiz Nodira Nodirjonova taxtalar kesimida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlangani ayniqsa quvonchlidir. Ularning barchasini samimiy qutlab, kelgusi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni zabt etishlarini tilayman.

Albatta, O‘zbekiston shaxmat ustalari qo‘lga kiritgan ulkan yutuq Yangi O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, sport va uning eng intellektual turi bo‘lgan shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarimizning amaliy natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Hech shubhasiz, bunday muvaffaqiyatlar xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, siz, aziz farzandlarimga, erishgan yutuqlaringizga katta hissa qo‘shgan tajribali ustoz va murabbiylaringiz, butun jamoangiz a’zolariga, sizlarni qo‘llab-quvvatlab turgan ota-onalaringiz va barcha muxlislaringizga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga jonajon O‘zbekistonimiz 2026-yilda ilk bor mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon shaxmat olimpiadasida ham eng yuksak cho‘qqilarni zabt etish nasib etsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va saodat, kelgusidagi o‘qish va ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Zafarli yurishlaringiz doimo bardavom bo‘lsin, aziz farzandlarim!” – degan prezident.

Eslatib o‘tamiz, shaxmat olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi bugun, 24-sentyabr kuni Toshkentga qaytib keladi.


O‘zbekiston


														
														Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo infratuzil…
17:47 / 25.09.2024

														
														Yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi

Yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi

O‘zbekistonda energetika, suv, transport, IT va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash uchun yillik ehtiyoj yalpi ichki mahsulo…
15:54 / 25.09.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish…
14:22 / 25.09.2024

														
														Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

“Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang” – deyiladi O‘zbekistonning Isroildagi Elchixo…
12:58 / 25.09.2024

														
														Sirdaryodagi futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan erkak ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryodagi futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan erkak ozodlikdan mahrum qilindi

“Oxirgi imkoniyat berishingizni so‘rayman”, – deydi haydovchi.
12:03 / 25.09.2024

														
														O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’u…
11:25 / 25.09.2024

														
														Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi

Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi

Xabarda aytilishicha, hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor holatda.
09:39 / 25.09.2024

														
														Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pullik qilish rejalashtirilmoqda

Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pullik qilish rejalashtirilmoqda

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
20:11 / 24.09.2024

														
														Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

– 2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilina…
12:06 / 24.09.2024

														
														Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi

Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi

Bunda kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.
10:37 / 24.09.2024

Bu ham qiziq

Komillikning qirq qoidasi

Komillikning qirq qoidasi

◾️Do‘stlaringizga va ehtiyojmandlarga minnatsiz yordam qiling.
11:25 / 25.09.2024
Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi

Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi

Xabarda aytilishicha, hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor holatda.
09:39 / 25.09.2024
FIFA Isroil jamoalariga sanksiya qo‘llamaydi

FIFA Isroil jamoalariga sanksiya qo‘llamaydi

Qayd etilishicha, ushbu qaror oktyabr oyining boshida bo‘lib o‘tadigan FIFA konferensiyasida tasdiqlanadi.
10:39 / 24.09.2024
O‘zbekiston Jahon baxtiyorlik reytingida 47-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Jahon baxtiyorlik reytingida 47-o‘rinni egalladi

Jahon baxtiyorlik reytingining (World Happiness Report) 2024-yilgi hisoboti berildi.
16:52 / 23.09.2024
Tojikistonda elektr energiyasiga cheklov o‘rnatildi

Tojikistonda elektr energiyasiga cheklov o‘rnatildi

Tojikistonda kecha, 22-sentyabr kunidan boshlab elektr energiyasiga cheklovlar joriy etildi.
16:35 / 23.09.2024
Turkiya qurolli kuchlari Iroq va Suriyaning shimolidagi 3 terrorchini zararsizlantirdi

Turkiya qurolli kuchlari Iroq va Suriyaning shimolidagi 3 terrorchini zararsizlantirdi

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
16:26 / 23.09.2024
Zelinskiy AQShdagi Ukraina uchun qurol ishlab chiqariladigan zavodga bordi

Zelinskiy AQShdagi Ukraina uchun qurol ishlab chiqariladigan zavodga bordi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShga tashrif buyurdi.
10:52 / 23.09.2024
Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlanadi

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlanadi

Davlat rahbari mamlakatimiz oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish…
16:28 / 23.09.2024
Viloyat hokimlariga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududining “master reja”sini ishlab chiqish topshirildi

Viloyat hokimlariga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududining “master reja”sini ishlab chiqish topshirildi

Qoloqliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimliklariga vazifa qo‘yildi.
17:53 / 23.09.2024
Sirdaryodagi futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan erkak ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryodagi futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan erkak ozodlikdan mahrum qilindi

“Oxirgi imkoniyat berishingizni so‘rayman”, – deydi haydovchi.
12:03 / 25.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!